Chanoq suyaklarining quymich kosachasi sohasida sinishi. Bu turdagi sinishlar ikki
xil bo‘ladi:
1)
quymich kosachasining sinishi;
2) quymich kosachasining sinishi bilan son suyagining chiqishi.
Bu jarohatlanish ham ancha og‘ir kechadi. Bular ta’sir qiluvchi kuchlarning katta ko‘st
sohasiga yon tomondan ta’sir qilganda yoki kuch son suyagining o‘qi bo‘ylab ta’sir qilganda
uchraydi. Klinik belgilarda asosiy o‘rinni quymich kosachasi sohasidagi og‘riq egallaydi. Agar
sinish bilan birga son suyagi chiqqan bo‘lsa, bemor oyog‘ini umuman harakatlantira olmaydi.
Katta ko‘st Rozer—Nelaton chizig‘idan yuqorida bo‘ladi. Agar quymich kosachasining o‘zi
singan bo‘lsa va oyoq o‘qi bo‘yicha og‘irlik berilsa, og‘riq kuchayadi.
Rentgen tasvirda singan
yerni ko‘rish mumkin. Agar sinish chizig‘i U-simon tog‘aydan o‘tgan bo‘lsa, ikki quymich
kosachasini solishtirish ko‘proq ma’lumot beradi.
Davosi. Albatta bunday bemorlarda Shkolnikov uslubi bo‘yicha 1%
li novokain bilan
og‘riqsizlantirish o‘tkaziladi. Agar quymich kosachasi sinib, suyaklar siljimagan bo‘lsa, bu
bemorlarning oyog‘ini
Beller shinasiga tortib, tosh osiladi. Agar suyaklar siljigan bo‘lsa,
ko‘pincha qo‘shimcha ravishda katta ko‘stdan ham tortib qo‘yiladi. Bu holatda bemorlar 5 hafta
yotadilar. Agar konservativ muolajalar yordam bermasa, operatsiya o‘tkaziladi. 6-haftadan
boshlab bemorlar qo‘ltiqtayokda yuradilar. Qo‘ltiqtayoqsiz yurishga 3—6
oydan keyin ruxsat
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: