Bolalarda elementar matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo’llash
Download 209.5 Kb.
|
elementar matematika shakllantirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “MAKTABGACHA TA’LIM” SIRTQI YO’NALISHI ______ GURUH TALABASI ___________________________NING Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda va ularni maktabga tayyorlashda matematik bilimlarning ro`li MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI MundarijaKirish 2 1 BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI 4 1.1 Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda har bir faoliyat turi uchun zamonaviy foydalanish metodikasi 4 1.2. Elementar matematika ta’limiy faoliyatlariga qo’yiladigan didaktik talablar. 13 2 BOB Rivojlantiruvchi markazlarda elementar matimatik tasavvurlarni shakillantirishni tashkil etish 17 2.1 Bolalarda elementar matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo’llash. 17 2.2 Elementar matematikani rivojlantirish metodikalari 21 Xulosa 29 Foydalanilgan adabiyotlar: 30 KirishMavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega. Download 209.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling