Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish
Download 0.6 Mb.
|
nevroz baxtigul
- Bu sahifa navigatsiya:
- NEVROZ RIVOJLANISHININgSABABLARI VA MEXANIZMLARI
Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish Bajardi: O`TA 21/2 guruh talabasi To`rayeva Baxtigul YuldashevnaNevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish,nevroz kasalligi
Mundarija: 1 Nevroz rivojlanishining sabablari va mexanizmlari 2 Ajratish mezonlari 3 Nevroz alomatlari va belgilari 3.1 Ruhiy alomatlar 3.2 Jismoniy alomatlar 4 Nevrozning boshqa kasalliklar va alomatlar bilan aloqasi 4.1 Bosh og’rig’i 4.2 Vegetotomirli distoniya 4.3 Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi 5 Nevroz kasalligini davolash 6 Nevroz kasalligini oldini olishNEVROZ RIVOJLANISHININgSABABLARI VA MEXANIZMLARI I. P. Pavlov o’zining fiziologik ta’limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo’z’g’atuvchilar ta’siri tufayli miya po’stlog’ida o’ta zo’riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlarsharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi. Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me’yorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko’rgan. Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi — shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yo’nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi.Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling