Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish


Download 0.6 Mb.
bet2/6
Sana19.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1214421
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nevroz baxtigul

Odamlar tomon harakat qilish, asosan, bo’ysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o’rnatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bo’lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo’lish zaruriyatini ifodalaydi. Nevrotik bemor bir vaqtning o’zida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil bo’ladi, lekin ulardan biri ustunroq bo’ladi, shuning ustun nevrotiklarni «bo’ysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bo’lgan muammolarga katta e’tibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni o’rnatish shartlari, intilishi darajasi), ham biologik omillar (muayyan psixogen ta’sirlarga nisbatan zaifroq qiladigan ma’lum neyromediator yoki neyrofiziologik tizimlarning funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki bo’ladigan omillar sifatida qaralmoqda.

AJRATISH MEZONLARI Nevrotik buzilishlarni umuman psixik buzilishlardan ajratishning asosiy mezonlari quyidagilardir: Og’riqli namoyonlarning boshlanishi va dekompensatsiyasida psixogen omillarning yetakchi roli; Psixik buzilishning funktsional (tiklanadigan) xarakteri; Psixotik alomatlar, shaxs o’zgarishlari, aqli zaiflikning yo’qligi; Psixopatologik namoyonlarning egodistonik (bemor uchun azobli) xarakteri, shuningdek, bemorlarning o’z ahvoliga tanqidiy munosabatda bo’lish.

NEVROZ ALOMATLARI VA BELGILARI RUHIY ALOMATLAR Emotsional tushkunlik (ko’pincha aniq sabablarsiz). Ikkilanish. Ijtimoiy aloqa qilish muammolari. Noadekvat o’zini baholash: past yoki haddan ziyod ortiqcha. Tez-tez tashvish, qo’rquv hissi, «biron narsaning tashvishli kutilishi», fobiya, vahima hujumlari, vahimali buzilishlar. Qiymat tizimining, hayotiy istaklar va afzalliklar, kishining o’zi, boshqalar va umuman hayot to’g’risidagi fikrlarining noaniqligi yoki qarama-qarshiliklari. Ko’pincha sinizm qayd qilinadi. Kayfiyatning nobarqarorligi, tez-tez va keskin o’zgaruvchanligi. Qo’zg’aluvchanlik (nevrastenyia). Stressga nisbatan yuqori sezuvchanlik — ahamiyatsiz stressli voqeaga odamlar umidsizlik yoki tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishadi. Yig’loqilik. Hafachanlik, zaiflik. Tashvishlanish. Psixotravmatik vaziyatga ko’p to’xtalib qolish. Ishlamoqchi bo’lganda tezda charchab qolish — xotira, e’tibor va fikrlash qobiliyatlari kamayadi. Baland tovushlarga, yorqin nurlarga, harorat o’zgarishiga sezgirlik. Uyquning buzilishi: odamning ortiqcha qo’zg’alganligi sababli uxlab qolish qiyin kechadi; uyqu yuzaki, tashvishlantiruvchi, tetiklik bermaydigan bo’ladi; ertalab ko’pincha uyquchanlik kuzatiladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling