Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish
Download 0.6 Mb.
|
nevroz baxtigul
- Bu sahifa navigatsiya:
- NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI BOSH OG’RIG’I
- VEGETOTOMIRLI DISTONIYA Vegetotomirli distoniya
- PANIK BUZILISHLAR, FOBIYA, TASHVISH HISSI
JISMONIY ALOMATLAR Bosh, yurak og’rig’i, qorin sohasidagi og’riq. Tez-tez kuzatiladigan charchash hissi, charchoqning kuchayishi, mehnat qobiliyatining umumiy pasayishi. Xavotirlar, qon bosimining pasayib ketishi tufayli bosh aylanishi va ko’z qorong’ulashishi. Vestibulyar apparatlarning buzilishi: muvozanatni saqlash qiyinchiliklari, bosh aylanishi. Ishtahaning buzilishi (ortiqcha yoki kam ovqatlanish, ochlik hissi mavjudligi, lekin ovqat paytida tez to’yib qolish). Uyqu buzilishi (uyqusizlik): uxlab qolish qiyinligi, erta uyg’onish, tunda uyg’onib ketishlar, uyqudan keyin tetiklik tuyg’usi yetishmasligi, qo’rqinchli tushlar ko’rish. Jismoniy og’riqni psixologik boshdan kechirish (psixalgiya), ipoxondriyagacha olib boradigan o’z sog’lig’iga haddan ortiq g’amxo’rlik. Vegetativ buzilishlar: ko’p terlash, yurak urishi, arterial bosimning o’zgarishlari, me’da faoliyatining buzilishi, yo’tal, tez-tez siyish, axlatning suyuqligi. Ba’zan — libido va erektsiyaning pasayishi.NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI BOSH OG’RIG’I Bosh og’rig’i turli xil aqliy holatlarda va kasalliklarda uchraydi. Odatda u emotsional zo’riqish yoki o’z his-tuyg’ularni bostirish (masalan g’azabni) hollarida paydo bo’ladi. Bundan tashqari, bosh og’rig’i gallyutsinator (psixalgiya) bo’lishi mumkin. VEGETOTOMIRLI DISTONIYA Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo’ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o’laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a’zolari va tizimlari faoliyatini ta’minlaydi. Xavf tug’ilganda vegetativ asab tizimi xavfni yengish uchun organizmning kuchlarini safarbar qiladi (masalan, qon bosimini oshiradi). Agar odam tez-tez xavfli deb hisoblangan vaziyatga faol javob qaytara olmasa (masalan, ijtimoiy omillar tufayli) va o’zining xavotirini bostirishga majbur bo’lsa, shuningdek, xavfli bo’lmagan ko’p vaziyatlar unda qo’rquv hissini uyg’otsa (yoki u panik xujumlardan aziyat chekayotgan bo’lsa), avtonom asab tizimi noto’g’ri ishlay boshlaydi, xatolar to’planib boradi va muvozanatning yo’qolishi yuzaga keladi, bu VTDning bevosita belgilari bilan bir qatorda turli a’zolar ishining buzilishiga sabab bo’ladi. PANIK BUZILISHLAR, FOBIYA, TASHVISH HISSI Turli xavotirli buzilishlar (panik xujumlar, fobiya, doimiy tashvish) odatda nevroz bilan birga kechadi.Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling