Bolalarda qaddi –qomatning shakillanishi va kamchiliklari
Skolioz kasalligining oldini olish mumkinmi?
Download 0.57 Mb.
|
SHalola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaddi-qomatning nuqsonlarini davolash
Skolioz kasalligining oldini olish mumkinmi?Qadim zamonda bir kishi farzandini tarbiyalashda maslahatlashish maqsadida donishmand huzuriga kelibdi. Shunda dono hamma gapdan voqif bo‘lgach, u kishiga bola tarbiyasida ancha kechikkanligini aytibdi va farzand tarbiyasini tug‘ilgandanoq boshlash kerakligini uqtiribdi. Ha, shunday! Qissadan hissa shuki, ota-onalar bolasining qaddi-qomatida nuqsonlar bo‘lmasligi uchun ular tug‘ilganidan boshlab qayg‘urishi zarur. Bolani 6 oygacha o‘tirg‘izmaslik kerak, 3 oylikdan esa uni tez-tez qoringa yotqizish maqsadga muvofiqdir. 9 oygacha bolani oyoqqa qo‘yishga shoshilmaslik tavsiya etiladi.Qaddi-qomatning profilaktikasi uchun albatta, 2—3 yoshdan boshlab kompleks gimnastika mashqlariga e’tibor berish, 3 yoshdan boshlab chana yoki chang‘i uchishni o‘rgatish yaxshi samaralarga olib keladi. .Bolani bir qo‘lidan yetaklab yurish tavsiya etilmaydi, iloji boricha o‘zi yurishi zarur, aks holda umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushib, ba’zi nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bolalarga gimnastik mashqlar qildirish ijobiy natijalarni beradi.Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘proq ochiq havoda sayr qilishi, turli o‘yinlar o‘ynashi lozim. Agar bolada raxit kasalligi aniqlansa, ota-ona darrov bolalar shifokoriga murojaat qilishi va maslahatlar olishi shart.Eng asosiy masala bolalarning poyabzaliga qaratilishi zarur. Oyoq kiyimlari katta ham, kichik ham bo‘lmasligi kerak. Agar yassi oyoqlilik mavjud bo‘lsa, albatta, stelka –supinator bilan poyafzal kiyish tavsiya etiladi.Bola stulda dars qilayotgan paytda bir oyog‘ini tagiga qo‘yib o‘tirmasligi kerak, chunki bunda tananing mutanosibligi buziladi va bu umurtqa pog‘onasining noto‘g‘ri rivojlanishiga olib keladi. Yana bolaga yoni bilan yotib, kitob mutolaa qilishni taqiqlash zarur.Qaddi-qomatning nuqsonlarini davolashBola qomatidagi nuqsonlarni bartaraf etish shifokor-ortopedlar, bolalar shifokori, pedagoglar, tarbiyachilar oldidagi muhim vazifalardan biridir.Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling