Bolalarda qaddi –qomatning shakillanishi va kamchiliklari
Download 0.57 Mb.
|
SHalola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skolioz kasalligi
Bolalardagi qaddi-qomat nuqsonlaridan biri skolioz kasalligidir. Bu kasallik umurtqaning o‘ng yoki chap yon tarafga qiyshayishi natijasida paydo bo‘ladi. Kasallik faqat umurtqa pog‘onasining xastaligi emas, balki bir butun organizmda chuqur o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farqlanadi. U sekin rivojlanadi, bemorni bezovta qilmaydi. Natijada kasallik kech aniqlanadi. Shuning uchun ham uni davolash nihoyatda qiyin kechadi.Skolioz kasalligiga chalingan bola tez charchaydi, bir joyda uzoq o‘tirganda, ko‘p yurgan paytda umurtqa pog‘onasida og‘riq sezadi.Skolioz kasalligi:1) Yoysimon2) S — simon turlari uchraydi.Kasallik og‘ir-engilligiga qarab, 4 darajali bo‘lishi mumkin:1-darajali skolioz — yengil turi bo‘lib, tekshirilganda umurtqa qiyshiqligi bola gorizontal holda yotganda yo‘qoladi.2-darajali skoliozda — bola tekis joyda yotgan payti ham qiyshiqlik yo‘qolmaydi. Ko‘krak va bel sohasida qiyshiqlik natijasida muskul o‘rami yoki bo‘rtmasini aniqlash mumkin.3-darajali skoliozda esa tanada mo‘’tadillashgan qiyshiqlik kuzatiladi. Bunday skoliozda bukrilik paydo bo‘ladi. Tos suyagining qiyshayishi natijasida oyoqning funktsional kaltaligi ko‘zga tashlanadi. Bola yon tarafga egilib, o‘sha kaltalikni yo‘qotishga harakat qiladi.4-darajali skolioz — kasallikning eng og‘ir ko‘rinishi bo‘lib, bolaning ichki a’zolarida patologik o‘zgarishlarga olib keladi. Oyoq sohalarida falajlik, nevralgiya, parez qayd qilinadi. Kasallikni davolamasa, uning xuruji natijasida umurtqaning o‘z o‘qi atrofida aylanib ketishi asosida yana ham murakkab deformatsiyalovchi asoratlarga olib kelishi mumkin.Skolioz kasalligi qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga qaraganda uch barobar ko‘proq uchraydi. Shuni qayd etish kerakki, tengdoshlari tomonidan shunday nuqsonlar mazax qilinishi oqibatida hech kimga qo‘shilmaydigan, odamovi, jahldor va tez xafa bo‘ladigan bo‘lib qolishi mumkin.Qaddi-qomatning buzilishlariga olib keluvchi omillar talaygina. Raxit, kamqonlik, nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi, yuqumli infektsion kasalliklar shular jumlasidandir.Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling