Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Download 112.5 Kb.
bet11/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Duduqlanish. Bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi bo`lib, aksariyat hollarda 1-3 va 7-8 yoshdagi bolalarda uchraydi.
Sababi: Qo`rqish, shikastlanish.
Belgilari: Gapirgan patda bolaning yuz, jag` muskullari tirishib qoladi, shu bois u gapirmaslikka intiladi.Bunday bolaga baqirganda, qo`pol muomula qilganda duduqlanish holati yanada kuchayadi.
Tibbiy yordam: Bunday bolalar poliklinakaning logoped mutaxassisi nazoratida bo`lishlari kerak.Ularga tinchlantiruvchi dorilar: brom, valeriana, vitaminlar tavsiya etiladi.Ularga logoped tomonidan maxsus mashg`ulotlar o`tkaziladi.Bunday bolalarga yaxshi muomala qilish, oilada janjallarni bartaraf etish lozim.
Enurez (tungi siyg`oqliq).
Bu holat maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi.O`gil bolalarda, qizlarga nisabatan ko`proq bo`ladi.
Sababi: siydik ayirish yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalliklari, bolaning tez-tez hayajonlashiga, qurqishiga olib keladigan baqirishlar, janjallar.
Belgilari: bola uxlagandan uch-to`rt soat o`tgach tungi siyg`oqlik paydo bo`ladi. Bu holatdagi bolalarning uyqusi qattiq bo`ladi.Shu bois siydigi qistagani uyqusida sezmaydi.Kechasi to`shakka siyib qo`ygani uchun uyalib, hijolat tortib, kunduzi oila a`zolaridan o`zini chetga olishga harakat qiladi.Bu holat bolani yanada asabiylashtiradi, u tobora injiq, tortinchoq bo`lib qoladi.
Tibbiy yordam: 1.Kechki payt suv, choy va boshqa suyuqliklar iste`mol qildirmaslik, uxlashi oldidan siydirish, uxlagandan keyin 3-4 soat o`tgach bolani uyg`otib, siydirish.
2.Bolani urolog, nevropatolog shifokor-mutaxassislarga ko`rsatib, maslahat olish.
3.Qovuq sohasiga elektrofarez quyish.Kuniga 1 marta, jami 10 marta.
4.Dibazol, glyutamin kislota dorilari shifokor maslahati bilan 1-2 hafta berilishi mumkin.
Qaltiroq (Tiki). Bolalarda uchraydigan asab buzilishi bilan bog`liq bo`lgan tartibsiz harakat qilishlar.
Sababi: Tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina va boshqa infeksion kasalliklarning asorati.
Belgilari: bola ko`zini ixtiyorsiz pirpiratadi, boshini qimirlatadi, burnini tortadi, qo`l-oyoqlari bilan tartibsiz harakatlar qiladi.Bola hayajonlanganda, charchaganda, unga qo`pol muomula qilinganda qaltiroq va tartibsiz harakatlar kuchayadi.
Tibbiy yordam: Bolalar poliklinikasining psixo-nevrorolog shifokori maslahati asosida davolash tadbirlari o`tkaziladi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling