Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Download 112.5 Kb.
bet13/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Tibbiy yordam: 1.Vrach tavsiya qilgan bir tomoni qavariq (shishali) ko‘zoynakdan foydalanish.
2.Tarkibida A1,B2 vitaminlar bo‘lgan ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda qabul qilish (sut va sut mahsulotlari, baliq moyi, ikra, sariyog‘, tuxum sarig‘i, jigar, sabzi, o‘rik, no‘xat, loviya, qovoq), shuningdek vrach maslahatiga ko‘ra A, B2 vitaminlarini tayyor holda qabul qilish.
3.Ko‘z nuri bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulotlarni bajarganda yorug`likning yetarli bo`lishi va ko‘rish gigiyenasi qoidalariga rioya qilish.
Oldini olish: Ko‘rish gigiyenasiga amal qilish:
- ish, o‘qish, yozish joylarida yorug‘lik yetarli (100 - 150 lyuks) bo‘lishini ta`minlash;
- yorug‘lik chap tomondan tushishiga e’tibor berish kerak;
- stol ustidagi elektr lampasidan foydalanganda, uning usti soyabon bilan to‘sib qo`yiladi (chunki haddan tashqari kuchli yorug‘lik nuri ko‘zning to‘r pardasidagi retseptorlarni o‘ta qo‘zg‘atib, ko‘zning tez toliqib qolishiga sabab bo‘ladi);
- o‘qiganda, yozganda daftar va kitob ko‘zdan 35 - 40 sm masofada bo‘lishi kerak (bolalarda esa har bir bolaning 2 qarichiga teng bo`lishi kerak);
- o‘quv - yozuv, chizmachilik, tikish mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganda har 15 minutdan keyin yarim - bir minut davomida uzoqdagi daraxtlarga, buyumlarga qarash kerak (ko‘z ichidagi bosim pasayib, ko‘z dam oladi);
- transportda o‘qimaslik;
- A va B2 vitaminga boy ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda iste’mol qilish;
- ko‘zni chiniqtirish - yoshlikdan boshlab tennis, basketbol, voleybol, futbol, otish kabi sport turlari bilan shug‘ullanib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya). Bunday bola va katta odam yaqindagi buyumlarni yaxshi ko`rmaydi, uzoqdagi buyumlarni ko`radi.Chunki, bunday odamda ko`z soqqasi qisqaroq (yupqaroq, yapaloqroq) bo`lib, yaqindagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi.Uzoqdan ko`rguvchi odamlarning ba`zilarida esa ko`z gavhari do`ngligi (qalinligi) kamaygan bo`ladi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling