Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Eshitish a`zosi gigiyenasi


Download 112.5 Kb.
bet16/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Eshitish a`zosi gigiyenasi.
1.Yashash, o`qish va jamoat joylarida tinchlikni saqlash.
2.Tashqi quloq yo`lini qoplab turuvchi terida juda ko`p mayda bezlar bo`lib, ulardan sarg`ish yog`simon suyuqlik ajraladi. Bu suyuqlik to`planib qolsa, quloq bitadi, g`uvurlaydi, namlanib turgan o`rta quloq pardasiga sovuq havo ta`sir qilsa, u yallig`lanib, otit kasalligi yuzaga keladi.
Shu bois, ikki-uch qavat bintdan pilikcha yasab, yoki yupqa sochiq uchi bilan bolaning tashqi quloq yo`lini har kun yoki kunaro artib, tozalash lozim.
3.Yuqorida aytilganidek, o`rta quloq bo`shlig`i ingichka evstaxiyev naycha orqali burun-halqumga tutashgan.Agar burun-halqum shilliq qavati yallig`lansa, ya`ni gripp, rinit, angina kasalliklarida, burun-halqumdagi virus va mikroblar evstaviyev naychaning shilliq qavatini yallig`lantirib, u orqali o`rta quloq bo`shlig`i to`qimasini ham yallig`lantiradi.Natijada otit kasalligi yuzaga keladi. Demak, o`rta quloqning otit kasalligini oldini olish uchun bolada burun-tomoq yallig`lanish kasalliklarini oldini olish va o`z vaqtida davolash kerak.
Otit-o`rta quloq yallig`lanishi.
Sababi: shamollash, gripp, angina, rinit, qizamiq kasalliklari.
Belgilari: quloqda kuchli og`riq bo`ladi, yosh bola chinqirab yig`laydi. Bolaning ovqat yutishi, ayniqsa, ona ko`kragini emishi qulog`ida og`riq paydo qiladi. Shu bois emgan paytda yig`laydi.Bolaning isitmasi 38-40º C gacha ko`tariladi, ba`zan qayt qiladi, uyqusi buziladi.O`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmasa, o`rta quloq bo`shlig`i yiringlaydi, ya`ni kataral otit yiringli otitga aylanadi. Bolaning ahvoli og`irlashadi.O`z vaqtida davolanmasa miya pardasi yallig`lanib, meningit kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Ba`zida o`rta quloq nog`ora bo`shlig`ida hosil bo`lgan yiring quloqni nog`orasimon pardasini teshib, tashqi eshituv yo`lidan oqishi mumkin.
1.Tibbiy yordam: 1.Bintni pilikka o`xshatib buklab, 1 %-li borniy spirtga botirib, bolaning tashqi quloq yo`liga kiritib qo`yiladi.
2.Sofrodeks dorisi – bola qulog`iga 2 tomchi tomiziladi, kuniga 2-3 marta.
3.Tana harorati ko`tarilsa: a) paratsetamol, panadol 1/3-1/2 tab. 2 marta ichiriladi.
b) harorat 38º C dan yuqori bo`lsa, analgin, dimedrol, novokain qo`shilib muskul orasiga yuboriladi.
4.Quloq sohasiga isituvchi kompress, ko`k lampa, UVCH qo`yish mumkin.
5.Antibiotiklar kuniga 2-3 marta 3-5 kun.
6.Bemor bola Lor shifokori nazoratida davolanadi.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling