Bolalarda qadu qomatning shakilanishi va kamchliklari


Download 112.5 Kb.
bet15/17
Sana05.10.2023
Hajmi112.5 Kb.
#1692963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOLALARDA QADU QOMATNING SHAKILANISHI VA KAMCHLIKLARI

Sababi: Gigiyena qoidalari buzilishi tufayli ko`zga mikroblar, viruslar tushishi, fizik va kimyoviy moddalar ta`siri, “A” vitamin yetishmovchiligi.
Belgilari: ko`z shilliq qavati qizaradi, og`riq, qadalish seziladi, ko`zdan yosh oqadi. Qovoqlar qichishadi, bemor yorug`likka qaray olmaydi, uyqudan uyg`onganda kipriklar bir-biriga yopishib qoladi.
Tibbiy yordam: interferon ampulasi 2 ml iliq suvda eritilib 2 tomchi 3-marta, sulfatsil natriy (alfutsid) 30%li 2 tomchidan 3 mahal ko`zga tomiziladi.Florenal, yoki oksolin 0,25 % li malhamlari pastki qovoqqa 3 mahal qo`yiladi, yopishgan kipriklar furatsillin eritmasi (1:5000) bilan yuviladi, tuzalguncha kitob o`qimaslik, televizor qaramaslik tavsiya qilinadi.
Ko`rish funksiyasining boshqa buzilishlari.
Yuqorida bayon etilgan kasalliklardan tashqari, ko`zning shox qavatida oq parda hosil bo`lishi, ko`z shikastlanishi tufayli shox qavatining yaralanishi, ko`z gavharining kasallanishi (katarakta kasalligi), ko`z ichidagi bosimning oshishi (glaykoma kasalligi) kabilar ham uchrashi mumkin.
Eshitish a`zosi funksiyasi va kasalliklar.
Quloqning tuzilishi.
Eshitish a`zosi kasalliklarini to`g`ri tasavvur qilish uchun quloqning tuzilishi haqida tushunchaga ega bo`lish kerak.
Eshitish a`zosi hisoblangan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U 3 qismdan iborat: tashqi, o`rta va ichki quloq.
Tashqi quloq: quloq suprasi va tashqi eshitish yo`lidan iborat.Tashqi quloq yo`lining oxirida nog`ora parda bo`lib, u tashqi quloq yo`lini o`rta quloq bo`shlig`idan ajratib turadi.
O`rta quloq bo`shlig`i ingichka evstaxiyev naycha orqali burun-halqumga tutashgan.


O`rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyaklari (bolg`acha, sandon, uzangi) bo`lib, ular tovush to`lqinlari ta`sirida nog`ora pardada hosil bo`lgan tabranishni ichki quloqqa o`tkazadi.
Ichki quloq - bo`shliq va ilonizi kanalchalar (ya`ni, suyak labirinti) dan iborat. Suyak labirinti ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo`shliqda perilimfa suyuqligi bo`ladi.Parda labirinti ichida endolimfa suyuqligi bo`ladi.
Suyak labirintida chig`anoq bo`lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya`ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Suyak labirintining daxliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta`minlovchi vestibulyar analizatorning retseptorlari joylashgan.

Download 112.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling