Konyunktivit – ko`z soqqasi va qovoqni biriktiruvchi shilliq parda (konyuktiva)ning yallig`lanishi.
Sababi: Gigiyena qoidalari buzilishi tufayli ko`zga mikroblar, viruslar tushishi, fizik va kimyoviy moddalar ta`siri, “A” vitamin yetishmovchiligi.
Belgilari: ko`z shilliq qavati qizaradi, og`riq, qadalish seziladi, ko`zdan yosh oqadi. Qovoqlar qichishadi, bemor yorug`likka qaray olmaydi, uyqudan uyg`onganda kipriklar bir - biriga yopishib qoladi.
Tibbiy yordam: interferon ampulasi 2 ml iliq suvda eritilib 2 tomchi 3 marta, sulfatsil natriy (alfutsid) 30% li 2 tomchidan 3 mahal ko`zga tomiziladi. Florenal, yoki oksolin 0,25 % li malhamlari pastki qovoqqa 3 mahal qo`yiladi, yopishgan kipriklar furatsillin eritmasi (1:5000) bilan yuviladi, tuzalguncha kitob o`qimaslik, televizor qaramaslik tavsiya qilinadi.
Ko`rish funksiyasining boshqa buzilishlari. Yuqorida bayon etilgan kasalliklardan tashqari, ko`zning shox qavatida oq parda hosil bo`lishi, ko`z shikastlanishi tufayli shox qavatining yaralanishi, ko`z gavharining kasallanishi (katarakta kasalligi), ko`z ichidagi bosimning oshishi (glaykoma kasalligi) kabilar ham uchrashi mumkin.
Eshitish a`zosi funksiyasi va kasalliklari.
Quloqning tuzilishi. Eshitish a`zosi kasalliklarini to`g`ri tasavvur qilish uchun quloqning tuzilishi haqida tushunchaga ega bo`lish kerak.
Eshitish a`zosi hisoblangan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U 3 qismdan iborat: tashqi, o`rta va ichki quloq.
Tashqi quloq: quloq suprasi va tashqi eshitish yo`lidan iborat. Tashqi quloq yo`lining oxirida nog`ora parda bo`lib, u tashqi quloq yo`lini o`rta quloq bo`shlig`idan ajratib turadi.
O`rta quloq bo`shlig`i ingichka Evstaxiy nayi orqali burun - halqumga tutashgan.
O`rta quloqda bir - biri bilan ketma - ket birikkan uchta eshitish suyaklari (bolg`acha, sandon, uzangi) bo`lib, ular tovush to`lqinlari ta`sirida nog`ora pardada hosil bo`lgan tabranishni ichki quloqqa o`tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |