Bolalarda uchraydigan asab ruhiy buzilishlarining oldini olish


Download 21.42 Kb.
bet2/7
Sana08.05.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1443307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ASAB – RUHIY

Psixasteniya nevrozi. Aksariyat hollarda bu kasallik tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi. Bunday bola-o`smirda hayajonlanish kuchli bo`ladi. Masalan, o`qituvchi doska oldiga chaqirib, o`tilgan mavzuni so`raganida hovliqib, qo`rqib o`zini yo`qotib qo`yadi. Bu kasallikka uchragan ayrim o`smirlar o`ta oriyatli bo`lib qoladi. Shu sababli ular tinimsiz aqliy mehnat bilan shug`ullanadi. Buning natijasida ruhiy charchash tobora kuchayib boradi, o`ta charchash tufayli xotirasi pasaya boradi. Buning oqibatida u o`zini noqulay his etib, maktabga bormay qo`yadi. U ko`chalarda daydib yuradi, kechalari ko`rpaga o`ralib yig`laydi. O`zidagi kechinmalarni ota - onasiga aytishdan xijolat tortadi.
Tibbiy yordam: Nevrosteniya, isteriya, psixasteniya nevrozlarining belgilari namoyon bo`lgan bolalar va o`smirlarning ota - onalari poliklinikaning asab - ruhiy kasalliklari shifokoriga ko`rsatishlari kerak. Ularga tinchlantiruvchi dorilar, vitaminlar, fizioterapiya muolajalari tavsiya qilinadi.
Eng muhimi kun tartibini gigiyena qoidalari asosida tashkil etish, ko`proq ochiq havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya va yengil sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish kabilarga e`tiborni kuchaytirish lozim.
Duduqlanish. Bolalarda ucharydigan nevrozning bir ko`rinishi bo`lib, aksariyat hollarda 1 - 3 va 7 - 8 yoshdagi bolalarda uchraydi.
Sababi: Qo`rqish, shikastlanish.
Belgilari: Gapirgan paytda bolaning yuz, jag` muskullari tirishib qoladi, shu bois u gapirmaslikka intiladi. Bunday bolaga baqirganda, qo`pol muomula qilganda duduqlanish holati yanada kuchayadi.
Tibbiy yordam: Bunday bolalar poliklinakaning logoped mutaxassisi nazoratida bo`lishlari kerak. Ularga tinchlantiruvchi dorilar: brom, valeriana, vitaminlar tavsiya etiladi. Ularga logoped tomonidan maxsus mashg`ulotlar o`tkaziladi. Bunday bolalarga yaxshi muomala qilish, oiladagi janjallarni bartaraf etish lozim.
Enurez (tungi siyg`oqliq). Bu holat maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi. O`gil bolalarda, qizlarga nisabatan ko`proq bo`ladi.
Sababi: siydik ayirish yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalliklari, bolaning tez - tez hayajonlanishiga, qo`rqishiga olib keladigan baqirishlar, janjallar.
Belgilari: bola uxlagandan uch - to`rt soat o`tgach tungi siyg`oqlik paydo bo`ladi. Bu holatdagi bolalarning uyqusi qattiq bo`ladi. Shu bois, siydigi qistaganini uyqusida sezmaydi. Kechasi to`shakka siyib qo`ygani uchun uyalib, hijolat tortib, kunduzi oila a`zolaridan o`zini chetga olishga harakat qiladi. Bu holat bolani yanada asabiylashtiradi, u tobora injiq, tortinchoq bo`lib qoladi.
Tibbiy yordam: 1.Kechki payt suv, choy va boshqa suyuqliklar iste`mol qildirmaslik, uxlashi oldidan siydirish, uxlagandan keyin 3 - 4 soat o`tgach bolani uyg`otib, siydirish.
2.Bolani urolog, nevropatolog shifokor - mutaxassislarga ko`rsatib, maslahat olish.
3.Qovuq sohasiga elektrofarez qo`yish. Kuniga 1 marta, jami 10 marta.
4.Dibazol, glyutamin kislota dorilari shifokor maslahati bilan 1 - 2 hafta berilishi mumkin.

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling