Bolalarda uchraydigan asab ruhiy buzilishlarining oldini olish
Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya)
Download 21.42 Kb.
|
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ASAB – RUHIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sababi
- Ko`z g`ilayligi.
- Belgilari
Uzoqdan ko‘rish (gipermetropiya). Bunday bola va katta odam yaqindagi buyumlarni yaxshi ko`rmaydi, uzoqdagi buyumlarni ko`radi. Chunki, bunday odamda ko`z soqqasi qisqaroq (yupqaroq, yapaloqroq) bo`lib, yaqindagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki uning orqasiga tushadi. Uzoqdan ko`ruvchi odamlarning ba`zilarida esa ko`z gavhari do`ngligi (qalinligi) kamaygan bo`ladi.
Sababi: Bolalarda tug`ma bo`ladi. Ayrim keksa yoshdagi odamlarda hayot jarayonida yuzaga keladi. Tibbiy yordam: 1.Bola ko`rish qobiliyatining yuqorida aytilgan buzilishi sezilgan zahoti oftalmolog shifokoriga murojaat qilish kerak. 2.Bunday bolaga ikki tomoni bo`rtgan (do`mboq) ko‘zoynakdan foydalanish tavsiya etiladi. Daltonizm. Bu o`ziga xos funksional holat bo`lib, bola shuningdek, katta odam ko`zining ayrim ranglarni farqlash qobiliyati buzilgan bo`ladi. U qizil yoki yashil ranglarni farqlay olmaydi. Bu holat ko`zning ichki to`r pardasida joylashgan rang sezuvchi kolbachasimon retseptorlarda ma`lum rang ta`sirida qo`zg`aladigan nervlar bo`lmasligidir. Bunday odam transport vositalarini haydashi mumkin emas, chunki u svetoforning qizil va yashil ranglarini farqlay olmaydi.U rassomlik kasbida ham ishlay olmaydi. Sababi: Kasallik nasldan beriladi. Tibbiy yordamning iloji yo`q. Bunday bola va katta odam transport boshqarishi, rassom bo`lishi mumkin emas. U transport serqatnov ko`chalarda piyodalab yurishi ham xatarlidir, ya`ni svetofordan o`tishida unga kimdir yordam berishi kerak bo`ladi. Ko`z g`ilayligi. Tug`ma va orttirilgan turlarga bo`ladi. Sababi: Tug`ma g`ilaylik onaning homiladorlik vaqtida uning va homilaning yuqumli virusli kasalliklar bilan kasallanishi, shikastlanishi oqibatida kelib chiqadi. Orttirilgan funsional g`ilaylik – bolaning yuqumli kasalliklar bilan og`rishi, bir tomonlama ko`krak emishi, beshikka har xil o`yinchoqlar osish sabab bo`ladi. Belgilari: biokulyar ko`rish faoliyati buzilib, ko`zning umumiy nuqtaga qaraolmay og`ishi kuzatiladi. Tibbiy yordam: 1.Ko`z shifokori (oftolmolog) tavsiyasi bilan ko`zoynak taqish tavsiya etiladi. 2.Ko`zoynak taqish natijasida g`ilaylik bartaraf etilmasa, 2 - 3 yoshdan keyin operatsiya yo`li bilan davolanadi. Download 21.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling