Bolalarda uchraydigan asab ruhiy buzilishlarining oldini olish


Download 21.42 Kb.
bet3/7
Sana08.05.2023
Hajmi21.42 Kb.
#1443307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ASAB – RUHIY

Qaltiroq (Tiki). Bolalarda uchraydigan asab buzilishi bilan bog`liq bo`lgan tartibsiz harakat qilishlar.
Sababi: Tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina va boshqa infeksion kasalliklarning asorati.
Belgilari: bola ko`zini ixtiyorsiz pirpiratadi, boshini qimirlatadi, burnini tortadi, qo`l-oyoqlari bilan tartibsiz harakatlar qiladi. Bola hayajonlanganda, charchaganda, unga qo`pol muomala qilinganda qaltiroq va tartibsiz harakatlar kuchayadi.
Tibbiy yordam: Bolalar poliklinikasining psixonevrolog shifokori maslahati asosida davolash tadbirlari o`tkaziladi.
Bolalarda asab - psixik buzilishlarining oldini olish.
1.Bolalarni yoshligidan oilada, bog`chada, maktabda gigiyena talabi asosida tuzilgan kun tartibiga amal qilishga odatlantirish.
2.Bolaga va uning yaqinida baqirmaslik, kattalar bir - birlari bilan janjallashmasliklari kerak.
3.Bolaning fe`l - atvorida sodir bo`layotgan har bir o`zgarishni ota-ona murabbiy va o`qituvchilar tomonidan sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy -pedagogik chora - tadbirlarni amalga oshirish.
4.Bolani shikastlanishlardan saqlash.
5.Bola gripp, angina, ichak va boshqa kasalliklarga chalinganda o`z vaqtida ko`rpa - to`shakka yotqizib davolash.
6.Yuqorida bayon etilgan psixik - asab kasalliklarning belgilari sezilishi bilanoq, bolani poliklinikaning psixonevrolog shifokoriga ko`rsatish lozim.
Ko‘rish a`zosi funksiyasi buzilishi. Odamda ko`rishning turlicha buzilish hollari uchraydi. Ulardan eng ko‘p uchraydigani yaqindan ko‘rish va uzoqdan ko‘rishdir.
Yaqindan ko‘rish (miopiya). Bunda odam ko`z soqqasi cho`ziqroq shaklda bo`ladi. Shuning uchun uzoqdagi buyumlar tasviri ko`zning to`r pardasiga emas, balki undan oldinroqqa tushadi. Bu holat ko`z gavharining do`ngligi ortib ketishi oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Miopiya holati tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi.
Sababi. 1.Nasldan orttirilgan miopiya; 2.Hayotda orttirilgan miopiya. Buning sababi yorug‘lik kam joyda o‘qish, yozish va ko`rish bilan bog`liq bo`lgan boshqa ishlarini bajarish, ko‘rish gigiyenasi qoidalariga amal qilmaslik. Ko‘z pardalari va nervlarining yallig`lanish kasalliklari, “A” vitaminining ovqat tarkibida yetishmasligi.

Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling