Bolalarda uchraydigan asab ruhiy buzilishlarining oldini olish
Download 21.42 Kb.
|
BOLALARDA UCHRAYDIGAN ASAB – RUHIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshitish a`zosi gigiyenasi.
- Otit
- Tibbiy yordam
Ichki quloq - bo`shliq va ilonizi kanalchalar (ya`ni, suyak labirinti) dan iborat. Suyak labirinti ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo`shliqda perilimfa suyuqligi bo`ladi.Parda labirinti ichida endolimfa suyuqligi bo`ladi.
Suyak labirintida chig`anoq bo`lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya`ni eshitish retseptorlari joylashgan. Suyak labirintining daxliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta`minlovchi vestibulyar analizatorning retseptorlari joylashgan. Eshitish a`zosi gigiyenasi. 1.Yashash, o`qish va jamoat joylarida tinchlikni saqlash. 2.Tashqi quloq yo`lini qoplab turuvchi terida juda ko`p mayda bezlar bo`lib, ulardan sarg`ish yog`simon suyuqlik ajraladi. Bu suyuqlik to`planib qolsa, quloq bitadi, g`uvurlaydi, namlanib turgan o`rta quloq pardasiga sovuq havo ta`sir qilsa, u yallig`lanib, otit kasalligi yuzaga keladi. Shu bois, ikk i- uch qavat bintdan pilikcha yasab, yoki yupqa sochiq uchi bilan bolaning tashqi quloq yo`lini har kun yoki kunaro artib, tozalash lozim. 3.Yuqorida aytilganidek, o`rta quloq bo`shlig`i ingichka evstaxiyev naycha orqali burun-halqumga tutashgan.Agar burun-halqum shilliq qavati yallig`lansa, ya`ni gripp, rinit, angina kasalliklarida, burun-halqumdagi virus va mikroblar evstaviyev naychaning shilliq qavatini yallig`lantirib, u orqali o`rta quloq bo`shlig`i to`qimasini ham yallig`lantiradi.Natijada otit kasalligi yuzaga keladi. Demak, o`rta quloqning otit kasalligini oldini olish uchun bolada burun-tomoq yallig`lanish kasalliklarini oldini olish va o`z vaqtida davolash kerak. Otit - o`rta quloq yallig`lanishi. Sababi: shamollash, gripp, angina, rinit, qizamiq kasalliklari. Belgilari: quloqda kuchli og`riq bo`ladi, yosh bola chinqirab yig`laydi. Bolaning ovqat yutishi, ayniqsa, ona ko`kragini emishi qulog`ida og`riq paydo qiladi. Shu bois emgan paytda yig`laydi.Bolaning isitmasi 38-40º C gacha ko`tariladi, ba`zan qayt qiladi, uyqusi buziladi.O`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmasa, o`rta quloq bo`shlig`i yiringlaydi, ya`ni kataral otit yiringli otitga aylanadi. Bolaning ahvoli og`irlashadi.O`z vaqtida davolanmasa miya pardasi yallig`lanib, meningit kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Ba`zida o`rta quloq nog`ora bo`shlig`ida hosil bo`lgan yiring quloqni nog`orasimon pardasini teshib, tashqi eshituv yo`lidan oqishi mumkin. Tibbiy yordam: 1.Bintni pilikka o`xshatib buklab, 1 %-li borniy spirtga botirib, bolaning tashqi quloq yo`liga kiritib qo`yiladi. 2.Sofrodeks dorisi – bola qulog`iga 2 tomchi tomiziladi, kuniga 2-3 marta. 3.Tana harorati ko`tarilsa: a) paratsetamol, panadol 1/3-1/2 tab. 2 marta ichiriladi. b) harorat 38º C dan yuqori bo`lsa, analgin, demidrol, novokain qo`shilib muskul orasiga yuboriladi. 4.Quloq sohasiga isituvchi kompress, ko`k lampa, UVCH qo`yish mumkin. 5.Antibiotiklar kuniga 2-3 marta 3-5 kun. 6.Bemor bola Lor shifokori nazoratida davolanadi. Adabiyotlar ro‘yxati:1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016. 2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017 “Bilimdon” dasturi. T.: 2014 3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014. 4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007 Download 21.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling