Bolalarga erta tashxis qo’yish, abilitatsiyasi va rivojlanishi reja


Download 1.25 Mb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1602891
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЛЕКЦИЯ 3 узб Ранняя абилитация и развитие ребенка



3 MA'RUZA


BOLALARGA ERTA TASHXIS QO’YISH, ABILITATSIYASI VA RIVOJLANISHI


Reja



  1. Bolaning ehtiyojlari

  2. Erta amaliyot zaruriyati

  3. Ilk yoshli bolalarning sensor rivojlanishi

  4. Ilk yoshli bolalarning hissiy rivojlanishi



ADABIYOTLAR:
Chicherina Ya., Isayeva D., Bondareva E. Erta tashxis qo’yish va amaliyot. Mutaxassislar va ota-onalar uchun qo’llanma. Toshkent 2010-yil.



  1. Bolaning ehtiyojlari

Ayni vaqtda bolada nimalar sodir bo’layotganligini baholash uchun, uning yoshga doir o’ziga xosliklari hamda rivojlanish bosqichlarini e’tiborga olgan holda, bola rivojlanishidagi barcha jihatlarni baholash talab etiladi. Bu bola kutilgan rivojlanish bosqichiga yetgani haqidagi bilimlarni ham o’z ichiga oladi. O’qishda qiyinchiliklar yoki jismoniy cheklanishlar kabi xavf omillarini, shu bilan birga ularning istalgan rivojl anish ko’rsatkichiga ehtimoliy ta’sirini alohida aytib o’tish lozim. Shuningdek bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy omillar hamda bolaning atrof-muhitini, masalan, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun harakatlar cheklanishi yoki obro’sizlantirishning boshqa shakllarini hisobga olish kerak. Yomon munosabat ko’rgan bolalar yetkazilgan jarohatlar natijasida va/yoki zulm qilish natijasida ruhiy jarohatning ta’siri ostida rivojlanishda og’ishlarga duch kelishi mumkin. Bolaning butun salohiyatini rivojlantirish uchun uni rivojlanishining har bir bosqichida bola nimaga muvaffaqiyat bilan erisha olishi mumkinligini aniq tushunish kerak.
Bola ehtiyojlarini baholash ko’rsatkichlari quyida ta’riflangan. Bu ta’riflar har bir ko’rsatkichning turli-tuman tarkibiy qismlarini batafsil ro’yxati emas, namuna sifatida keltirilgan.
Bolaning rivojlanish ko’rsatkichlari Roy Parker va uning hamkasblari o’tkazgan tadqiqot natijalaridan olingan, ushbu tadqiqot davlat vasiylik muassasalari va professional asrab oluvchi oilalarda yashaydigan bolalarning hayotiy sharoitini yaxshilash maqsadida, ularni rivojlanishida o’sishni baholashning amaliy usullarini aniqlash uchun Sog’liqni Saqlash Vazirligi (1991) tomonidan buyurtma qilingan. Ushbu tadqiqotni ishlab chiqish bosqichida materiallar jamiyatdagi juda ko’p oilalarda sinaldi va ““Harakatlarning bahosi va yozuvi”dan yashash joyi bo’yicha oilalar va bolalar bilan ishlashda qiyinchiliklarni aniqlash hamda bu qiyinchiliklarni qanday yengish mumkinligini muhokama qilishda vosita sifatida foydalanish mumkinligi” belgilandi (Uord, 1995). Shundan boshlab bu ko’rsatkichlar barcha bolalarga mos keladi deb e’tirof etildi.
Amaliyotchilar bola rivojlanishida ehtiyojlarni baholashda quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
• o’rganish zarur bo’lgan rivojlanish sohalarini aniqlash hamda yozuvlar yuritish;
• rivojlanishda o’sish qanday o’lchanishini rejalashtirish;
• bola rivojlanishini yoshi va darajasi tegishli tarzda e’tiborga olinishini tekshirish;
• keyingi harakatlarni rejalashtirishda asos bo’ladigan axborot tahlilini o’tkazish.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling