Bolalarga erta tashxis qo’yish, abilitatsiyasi va rivojlanishi reja
Download 1.25 Mb.
|
ЛЕКЦИЯ 3 узб Ранняя абилитация и развитие ребенка
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolalar
Erta amaliyot zaruriyati
Erta bolalik psixolog-pedagogik ta’sirlarning ahamiyatli bosqichi hisoblanadi. Tadqiqotlar, bosh miya hajmining 75-85% i uch yoshgacha rivojlanishini ko’rsatadi. Miyaning neyrobiologik skanerlanishi, g’amxo’rlikning yo’qligi bolaning miyasi, hatti-harakatlari va hislariga ta’sir qilishini ko’rsatdi. Go’dakka yaqin insoni berishi mumkin bo’lgan rag’batlar yo’qligi tufayli miyaning barcha bo’limlari ishga tushmaydi va bu bo’limlar, oxir-oqibat, atrofiyalanadi. Tug’ilgan vaqtidan ota-ona g’amxo’rligi, tarbiyasi va parvarishisiz qolgan bolalar oilalarda o’sgan tengdoshlaridan o’sish va rivojlanishda orqada qoladi. Bolani doimiy «davolash» zaruriyati tufayli rivojlanishida buzilish mavjud bo’lgan bola bilan kattalarning munosabati ko’pincha noto’g’ri ko’rinish oladi. Bu unga bola sifatida emas, «xasta bola» sifatida qarash sababli sodir bo’ladi. «Bolani tuzatish»ga ko’p kuch va vositalar sarflanadi, uning rivojlanishi va tarbiyasi esa «keyinga», «hammaga o’xshaydigan» paytgacha kechiktiriladi. Bolaning butun hayoti tashxislarni qidirish, klinikalarga qatnash, turli dori vositalarini qabul qilish hamda boshqa tibbiy choralar ketma-ketligidan iborat bo’lib qoladi. Shu tariqa, bola rivojlanishida eng muhim yillar qo’ldan boy beriladi. Hozirgacha ta’lim muassasalari yosh bolalarda (tug’ilganidan uch yoshgacha) psixologik-pedagogik diagnostika, tarbiya, rivojlanish, zaruriyat bo’lganida esa ularni tuzatishni o’z oldiga vazifa qilib belgilamagan va amalga oshirmagan. Rivojlanishida og’ishlar mavjud bolalarning asosiy qismi aniqlanadigan vaqt maktabgacha va maktab muassasalariga joylashish to’g’risidagi masala hal etiladigan yoshga to’g’ri keladi. Salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolalar - bu to’liq hayot kechirishga imkon bermaydigan, umumiy rivojlanishning buzilishiga olib keladigan turli xil aqliy yoki jismoniy nuqsonlari bo’lgan bolalardir. V.A.Lapshin va B.P.Puzanovlar tomonidan taklif qilingan tasnifga ko’ra, bunday bolalarning asosiy toifalariga quyidagilar kiradi: Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar (kar, eshitishi zaiflar); Ko'rish qobiliyati buzilgan bolalar (ko'r, ko'rishi zaiflar); Nutq buzilishi bo'lgan bolalar (logopatlar); Tayanch-harakat tizimining buzilishi bo'lgan bolalar; Aqliy zaif bolalar; Ruhiy rivojlanishida kechikish bo'lgan bolalar; Xulq-atvori va aloqasi buzilgan bolalar; Psixofizik rivojlanishining murakkab buzilishlari bo'lgan, murakkab nuqsonlari bo'lgan bolalar (ko'r, kar yoki aqliy zaif bolalar). Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling