Bolalarga erta tashxis qo’yish, abilitatsiyasi va rivojlanishi reja


Ilk yoshli bolalarning hissiy rivojlanishi


Download 1.25 Mb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1602891
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ЛЕКЦИЯ 3 узб Ранняя абилитация и развитие ребенка

Ilk yoshli bolalarning hissiy rivojlanishi

Kattalarning bolani hissiy hayotini tushunishi, unda ishtirok etishi bolani psixologik salomatligi va yetukligiga asos yaratadi. Bolada hissiy sohaning rivojlanishi bosqichma-bosqich sodir bo’ladi va u jismoniy yoki psixik rivojlanishlar bilan birdek muhim. Faqat ijobiy hislar tufayli ma’lumotlarni yodlab qolish, so’zlashish qobiliyatlari rivojlanadi.


Bola bevosita tug’ilganidan keyin his qiladigan birinchi his fiziologik sabablar tufayli salbiy xarakterga ega. Bu bola ona qornida odatlangan muhit omillarining keskin o’zgarishi bilan bog’liq. Keyinchalik, qichqiriq va yig’ida ifodalanuvchi bu salbiy hislar himoya funksiyasini bajaradi va atrofdagilar uchun bolaning bezovtaligidan xabar beruvchi signal hisoblanadi (och qolishi, kasallik, taglikning nam bo’lishi, uxlash istagi va hokazolar).
Bola hayotining dastlabki yilida hissiy holat go’daklar uchun xos bo’lgan bir qator o’ziga xosliklarni saqlab qoladi. Ular qisqa muddatli, o’zgaruvchan, keskin ifodalanadi. Bolalar juda ta’sirchan, hissiy hayajonlanish bolaning barcha hatti-harakatlariga kuchli ta’sir qiladi.
Bola hayotining dastlabki oylarida, u uyg’oq bo’lganida ota-onalarning vazifasi go’dak quvnoq va tinch holatda bo’lishini ta’minlash; u bilan ko’proq o’ynash yoki shunchaki yonida bo’lish.
Bolada salbiy hislar ko’pincha kun rejimining buzilishi, noto’g’ri ovqatlantirish, yotqizish va yuvintirish usullari, kattalar bilan yetarlicha ijobiy bo’lmagan va hissiy munosabatlar bo’lmasligi, mustaqil o’ynash uchun sharoit yo’qligi, yaqinlik yo’qligi, bolaga talablar yakdil emasligi hamda uni tarbiyalash usullarining turlicha bo’lishi sababli yuzaga keladi.
Bola hayotining ikkinchi yilida hislar predmet faoliyati, uning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqqiyatsiz bo’lishi bilan yaqin bog’liq.
Salbiy reaksiyalar bolaning harakatlanish usullari hali shakllanmaganligidan darak beradi. Demak, bolaga qanday harakatlanishni o’rgatib borish zarur.
Tabassum, xitoblar, kattalarga tez-tez murojaat qilishda ifodalanuvchi yorqin, ijobiy hislar bola harakatni anglaganligi va har bir mustaqil qadamida kattalarning roziligini olish istagini bildiradi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling