Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Download 4.68 Mb.
bet31/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

O`qituvchi:
Bugun O`zbekistonda xotin-qizlarga ehtirom ko`rsatish, ularning huquqlarini muhofaza qilish, salomatliklari uchun qayg`urish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ayollarimiz mohir uy bekasi, jonkuyar ona bo`lishi bilan birga yurtimizdagi ijtimoiy, madaniy va siyosiy jabhalarda erkaklar bilan birdek faol ishtirok etayotirlar.
Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ayollarimiz salomatligini saqlash, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ijodiy-aqliy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo`lmoqda.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning huquqiy asosi Bosh qomusimizda o`z ifodasini topgan. Insonning, shu jumladan, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimiz me’yorlari esa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga hamohangdir.
Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidirlar”, degan hadislariga binoan ayol kishi jamiyatning ajralmas bir bo`lagi ekan, u ijtimoiy hayotda o`z mavqeiga ega bo`lib, ilm olishga, kasb-hunar qilishga haqlidir. Shunga binoan bugungi kunning ayoli ham unga berilgan haq-huquqlardan oqilona foydalanish bilan birga, ayollik iffatini saqlab, o`z sha’niga dog` tushirmaslikka harakat qilishi lozim. Ularni turli yomonlik, xavf-xatar va illatlardan himoyalash, hurmatini joyiga qo`yib, chiroyli munosabatda bo`lish esa erkaklarning zimmasidadir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) ayollarga yaxshi munosabatli bo`lishga buyurib, bunday marhamat qiladilar: “Mo`minlarning imon jihatidan komilrog`i xulqi yaxshi bo`lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o`z ahlu ayoliga yaxshi bo`lganlaringizdir”.

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling