18
diqqatga sazovor joylar, me’morchilik
yodgorliklari, maydon va xiyobonlar; o’z
ko’chasi, mahallasining nomi va boshqalar haqida gapirib beradilar; O’zbekiston
to’g’risida qisqacha ma’lumot
beriladi, O’zbekistonning poytaxti — Toshkcnt
haqida, Toshkentdagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni va hokazolar
(har bir viloyatning o’z tarixiy joylari, shahari, turnani) haqida gapirib beriladi.
Katta kishilarning mehnati haqidagi suhbatlar bolalarni kattalar
faoliyatining ma’nosini tushunib olishlariga yordam beradi. (Bolalar bog’chalari
uchun dasturlar. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish, badiiy adabiyot. Т.,
1992, 2, 8. 16 -betlar.)
Buyuk siymolar va bayramlar haqidagi suhbatlarda bolalar o’zbek
xalqining buyuk siymolari (Navoiy, Bobur,
Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek,
Yunus Rajabiy, Kamoliddin Behzod, O’rol Tansiqboyev), o’zbek xalqining milliy
bayramlari (Navro’z, Hosil bayrami — Melujon, G u l l a r va qushlar bayrami,
to’ylar, sayillar) haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Harbiy qo’shinlar haqidagi suhbatlarda bolalarga harbiy qo’shinlarda
tankchilar, dcngizchilar borligi, vatanni himoya qilish uchun jasur, kuchli, chaqqon
bo’lishlari kerakligi haqida so’zlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: