Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Omonova Behruza




MAVZU: BOSHLANG‘ICH TA‘LIM NUTQ 
O'STIRISH ISHLARIDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALAR QO‘LLASH
REJA: 
Kirish…………………………………………………………………2 
I.BOB.BOG’LANISHLI NUTQ VA UNI MAKTABGACHA 
TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA RIVOJLANTIRISH 
XUSUSIYATLARI
1.1.Bolalar bilan so’zlashish — dialog nutqni shakllantirishning asosiy 
uslubi………………………………………………………………….……….2
1.2Maxsus mashg’ulotlarda dialogik nutqqa o’rgatish usluhiyotlari va 
usullari……………………………………………………………………….10
II.BOB.O’QUVCHILAR NUTQINI TAKOMILLASHTIRISH 
OMILLARI. 
2.1.O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining o’rni…..………...19 
2.2.O’yinlar orqali nutq o’stirish………...…………………..………..25 
Xulosa………………………………………………………..……30 
Foydalangan adabiyotlar…………………………………….…….31 
 
 
 
 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi: Yordamchi mehnat ta’limi maktabida o‘qish darslarida 
nutqni o‘stirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Xar bir 
o‘qituvchi bola nutqini xar tomonlama o‘rganib chiqishi lozim O‘qish darslarida 
logoped boshlagan ish davom ettiriladi, bola talaffuziga katta e’tibor beriladi, 
nuqsonlari tuzatib boriladi. O‘qish darslarida bolaning lug‘at boyligi qay 
holatda ekanligi aniqlanadi, boyitiladi va faollashtiriladi. Grammatik jihatdan 
gapni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish ishlari davom ettiriladi. Dialogik va 
monologik nutqni o‘stirish, o‘z fikrlarini izchillik bilan mantiqan to‘g‘ri bayon 
etishga o‘rgatish ishlari ham dastur talablaridan asosiylari bulib hisoblanadi.
O‘qituvchining savollariga javob qaytarish, o‘qilgai matn mazmunini mustaqil 
gapirib berish, rasmga qarab oya tuzish kabi ish turlari barcha sniflarda amalga 
oshiriladi. O‘quv yili vaqtiga qarab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar 
o‘zgaradi: og‘zaki bayoi hajmm ortib boradi, mustaqillik oshadi, ish turining 
sifati o‘zgaradi, jumladan xuddi matndagidek bayon va qisqa bayon, uchinchi shaxs 
nomidan bayoi etish, vaqt va davrni o‘zgartirib bayon etish va x. k.
Lugat ustidagi ishlar bolalarniig kurgan-kechirganlari, shaxsiy faoliyati, amaliy 
ishlariga, tajribasiga tayangan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun 
predmetni, uning belgisi yoki sifatini ko‘rsatish, tatib ko‘rish yo‘li bilan amalga 
oshirilgan lugat ishlari eng samaralidir.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling