Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat
- §. Maxsus mashg’ulotlarda dialogik nutqqa o’rgatish usluhiyotlari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonova Behruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat
3- §. Maxsus mashg’ulotlarda dialogik nutqqa o’rgatish usluhiyotlari
va usullari Bolalarning so’zlashuv (dialogik) nutqini tarkib toptirishda maxsus mashg’ulotlar ham olib boriladi. Bu mashg’ulotlar: 1) suhbatlar; 2) ta’limiy o’yinlar; 3) suratlarni ko’rib chiqish va u haqda suhbat. Suhbat mashg’ulotlarining ahamiyati. Suhbat ta’lim-tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat tarbiyachining guruhdagi hamma bolalar bilan ma’lum bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan holda tashkiliy so’zlashishidir. Bolalar bog’chasida bolalar bilan o’tkaziladigan suhbat ularning kundalik faoliyat lari va turli voqea-hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida o’tkaziladi. Tarbiyachi bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to’liq va chuqur idrok 196 qilishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bo’lgan 12 voqeahodisalarga jalb qiladi. Suhbat mashg’ulotida bola ilgari ko’rgan, kuzatgan voqea va hodisalarni qaytadan esga tushiradi, mantiqiy fikr yuritadi, tahlil va muhokama qiladi. Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo’lgan qiziqishni oshiradi, bilim va tasawurlarini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lug’atini faollashtirishga, grammatik shakllarni takomillashtirishga) sczi- larli darajada ta’sir etadi, tarbiyachining gaplarini, o’rtoqlarining berayotgan javobini e’tibor bilan eshitishga odatlanadilar. Suhbat bolalarni o’z fikri bilan o’rtoqlashishga, jamoada so’zlashishga, faolligini oshirishga, o’z-o’zini tuta bilisliga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, ya’ni yuqori axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat uslubiyoti bolalarda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina cheklan- may, balki ularning bog’lanishli nutqini o’stirishda, tevarak- atrofdagi narsalarga qiziqishga, ularni aniq ko’rishga va ushbu narsalarga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatishda muhim vosita hisoblanadi. Suhbat mashg’ulotida tarbiyachi quyidagilarni amalga oshiradi: 1. Bolalarning tajribalarini aniqlaydi va tartibga soladi, ya’ni tarbiyachi rahbarligida kuzatish vaqtida va oiladagi, bolalar bog’chasidagi turli faoliyatlar jarayonida kishilar hayoti va tabiat to’g’risidagi bilim hamda tasawurlarini aniqlaydi. 2. Bolalarda tcvarak-atrofga to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi. 3. Bolalarni suhbat mavzusidan chalg’imay, o’z fikrini maqsadga yo’naltirilgan holda izchillik bilan bayon etishga o’rgatadi. 4. O’z fikrini oddiy va tushunarli tarzda ifodalashga o’rgatadi. 5. Bolalarning ilgari o’zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ularning fikrlarini faollashtiradi, mustaqii mulohaza va muhokama qilishga o’rgatadi, muhokama qilinayotgan hodisaga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lish fazilatini shakllantiradi va tarbiyalaydi. Bundan tashqari, tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarda barqaror diqqatni, boshqalarning nutqini tinglash va tushunishni, savollarga ortiqcha kuttirmasdan, chaqirislmi kutmasdan, tez javob berish istagini, yetarli ovoz balandligida, hamma eshitarli qilib aniq gapirish odatini ham tarbiyalaydi. 13 Suhbat mashg’ulotida bolalar kelgusida maktabda ta’lim olish jarayonida zarur bo’lgan bilim, malaka va odatlarni egallaydilar. Suhbat bolalarning xilma-xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta’sir etadi. Masalan, oila, onalar mehnati to’g’risidagi suhbatlardan so’ng bolalar o’zlarining yaqin kishilariga amaliy jihatdan o’z munosabatlarini namoyon etishga harakat qiladilar. Bunday suhbatlardan keyin bola tarbiyachisiga: ‘Yaqinda onamning tug’ilgan kunlari, ularga nima sovg’a qilishim mumkin, maslahat bering", — deb murojaat etadi. Transport vositalari to’g’risidagi suhbatdan keyin esa ko’cha bo’ylab harakat qilayotgan mashinalarni zo’r qiziqish va diqqat bilan kuzatadilar, ularda juda ko’p qizaqarli savollar paydo bo’ladi. ijodiy o’yinlarining mazmuni sezilarli darajada boyiydi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling