Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Download 48.9 Kb.
bet10/15
Sana04.05.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1424123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish

Maqsad. Bolalarning bog’cha xodimlarining mehnatlari to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirish, har xil mehnat turlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rsatish; fe’llarni hosil qilish ustida mashq qilish.
Oldindan qilingan ish. Mashg’ulotdan 2 — 3 kun oldin (kechki soatda) tarbiyachi bolalarni yig’ib, ulardan bolalar bog’chasining mudirasi kim, u nima ish qiladi, deb so’raydi. Tarbiyachi bog’chada nima qilishi bilan qiziqadi. Bolalarning uzuq- yuluq, ishonchsizlik bilan aytgan juvoblarini tinglab, shunday deydi: ‘Sizlar bu kishilarning mehnatlari haqida juda kam bilar ekansizlar. Bu haqda ko’proq bilishni istaysizlarmi?" Bolalardan tasdiq javoblarini eshitib (bog’cha xodimlari bilan oldindan kelishilgan bo’ladi), uch-to’rtta bolani oshpazning, hamshira va mudiraning, tarbiyachining yoniga ularning faoliyatlarini kuzatish va mehnatlari haqida ko’p narsalarni biiib olishlari (so’rab olishlari) uchun (35 — 4O daqiqaga) yuboradi.
Yuborilgan bolalar qaytishgach, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashishlarini so’raydi. Boshqa bolalarga esa eshitganlari haqida qanday gapirib berish mumkinligini o’vlashni taklif etadi.
Mashg’ulotning borishi. Bizning Vatanimizda kichik yoshdagi bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanadilar, — deb so’z boshlaydi tarbiyachi. — Kichkintoylar uchun bolalar bog’chasida hamma sharoitlar muhayyo bo’lishi, ular vaqtni qiziqarli o’tkazishlari uchun ko’p kishilar mchnat qilishadi. Men. bolalar bog’chasida ko’p kishilar mehnat qilishadi, deb aytdim. Men xato qilmadimmi? Maktabgacha tarbiya muassasalarida qanday kasbdagi kishilar mehnat qilishadi? Bolalar bilan doimo yonma-yon tarbiyachi va enaga mehnat qiladilar. Tarbiyachining vazifalariga nimalar kirishi haqida batafsilroq gapirib beringlar. (Har kuni ertalab bolalarni kutib oladi, ota-onalar bilan suhbat- lashadi, o’yinlar tashkil etadi, mashg’ulotlar o’tkazadi va boshqalar).
Enaga kun bo’yi qanday ishlarni bajaradi, siz ularga qanday yordam berishingiz mumkin?
Siz bolalar bog’chasi mudirasining ish lari haqida nimalarni bilasiz? Bizning oshpazimiz qanday mehnat qiladi? Bolalar bog’chasining o’z hamshirasi bo’lsa qanday yaxshi — har doim ham davolash muassasasiga (poliklinika) borib yurilmaydi. Bolalar bog’chasida hamshira nima qiladi? Suhbatni tarbiyachi shunday yakunlaydi: ‘Bugun biz bog’cha xodimlarining mehnatlari, ularning vazifa va burchlari haqida ko’proq bilib olishga harakat qildik. Siz nima deb o’ylaysiz, kimning ishi qiziqroq va nima uchun?
Bolalarning javobini tinglaydi. Yangi savol beradi: ‘Ayting- chi, kimning mehnati muhimroq?" Xulosani izohlaymiz: ‘Har bir kishining mehnati bir xilda muhim va kerakli. Har bir kishi o’z ishini yaxshiroq bajarishga harakat qiladi".
Mashg’ulotning 2- qismi. Tarbiyachi quyidagi so’zlarni aytib. ular ishtirokida gaplar o’ylab topishni taklif etadi: yurdi, ketdi, kirdi, keldi. So’ngra bolalardan bu so’zlarga o’xshash yana qanday so’zlarni aytish mumkin, deb so’raydi (yetdi, o’tdi, uzoqktshdi, lushdi, chiqdi), bu so’zlar ishtirokida ham gaplar tuzdiradi.



Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling