Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Maishiy mavzularda suhbatlar


Download 48.9 Kb.
bet8/15
Sana04.05.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1424123
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish

Maishiy mavzularda suhbatlar. Bu bolalar o’zlari shaxsan kuzatgan va ishtirok etgan voqea va hodisalardir. Bu suhbatlarda bolalar uyda kim bilan yashashlari, oila a’zolarining ismlari, ularning qayerda ishlashlari, uyda nima ishlar qilishlari, qanday dam olishlari, o’zlarining o’yinlari, uydagi mashg’ulot va o’yinlar. kuchiga yarasha kattalarga yordam berish va hokazolar haqida gapirib beradilar, uydagi va bog’chadagi inuhitni bir-biriga taqqoslaydilar.
Tevarak-atrof va ona-Vatan to’g’risidagi suhbatlarda bolalar
O’zlari tug’ilib o’sgan joylari — o’z shahar va qishloqlari; bog’chaga yaqin joylashgan ko’cha, binolar, maktab, do’kon, choyxona, idora, mahalla, undagi diqqatga sazovor joylar, me’morchilik yodgorliklari, maydon va xiyobonlar; o’z ko’chasi, mahallasining nomi va boshqalar haqida gapirib beradilar; O’zbekiston to’g’risida qisqacha ma’lumot beriladi, O’zbekistonning poytaxti — Toshkcnt haqida, Toshkentdagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni va hokazolar (har bir viloyatning o’z tarixiy joylari, shahari, turnani) haqida gapirib beriladi.
Katta kishilarning mehnati haqidagi suhbatlar bolalarni kattalar faoliyatining ma’nosini tushunib olishlariga yordam beradi. (Bolalar bog’chalari uchun dasturlar. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish, badiiy adabiyot. Т., 1992, 2, 8. 16 -betlar.)
Buyuk siymolar va bayramlar haqidagi suhbatlarda bolalar o’zbek xalqining buyuk siymolari (Navoiy, Bobur, Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Yunus Rajabiy, Kamoliddin Behzod, O’rol Tansiqboyev), o’zbek xalqining milliy bayramlari (Navro’z, Hosil bayrami — Melujon, G u l l a r va qushlar bayrami, to’ylar, sayillar) haqida tushunchaga ega bo’ladilar.
Harbiy qo’shinlar haqidagi suhbatlarda bolalarga harbiy qo’shinlarda tankchilar, dcngizchilar borligi, vatanni himoya qilish uchun jasur, kuchli, chaqqon bo’lishlari kerakligi haqida so’zlab beriladi.
Mashhur sarkardalar to’g’risidagi suhbatlarda bolalar Amir Temur. Jaloliddin Manguberdi. Zahiriddin Muhammad Bobur, Sobir Rahimov kabi mashhur sarkardalarning hayotidan olingan qiziqarli voqealarni bilib oladilar.

Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling