Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat
Sayohat yoki biror-bir narsani kuzatish davomida suhbat o’tkazish
Download 48.9 Kb.
|
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy suhbat.
Sayohat yoki biror-bir narsani kuzatish davomida suhbat o’tkazish. Bolalarni pomidor ko’chati ekilgan yerga olib borib, pomidor ko’chatining o’sishini kuzatish va uni qanday parvarish qilish to’g’risidagi suhbat ni tarbiyachi quyidagi savollar asosida davom ettiradi:
— Bolalar, biz hozir qayerga keldik? — Kimning ko’chati qayerga ekilganligini qanday bilib olasiz? — Pomidor ko’chati yaxshi o’sishi uchun nima qilish kerak? — Parvarish qilish nimalardan iborat? — Nima uchun o’simlikka namlik (suv) kerak? — Suvni nimada quygan yaxshiroq? Nima uchun? (Bir bolaga leykachani beradi, u o’z ko’chatiga suv quyadi.) — Nima uchun ko’chatga oziq beriladi? (Tarbiyachi ko’chatga oldindan tayyorlab qo’yilgan o’g’itni solib ko’rsatadi va ustidan leyka bilan suv quyadi.) — Ko’chatga nima uchun quyosh nuri kerak? — Bcgona o’tlarning ko’chat uchun qanday zarari bor? Shundan so’ng tarbiyachi bolalarning javobini to’ldirib, suhbat ni pomidor haqidagi she’rni aytib berish bilan tugatadi: Barglar ostidan Xoh salat qiling, Boqsam mo’ralab. Xoh soling oshga. Uzgingiz kclar, Ishtaha ochgum Tongda saralab. Keksa-yu, yoshga. Tarbiyachi mashg’ulotdan so’ng bolalarga o’z ko’chatlariga o’g’it va leykadan suv quvishni aytadi, o’zi esa topshiriqni bolalar qanday bajarayotganlarini kuzatib boradi, zarur bo’lsa, yordam beradi. Yakuniy suhbat. Bu suhbat turi bolalarning ko’rgan-eshitgan narsalari haqidagi bilimlarini aniqlash va uni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. Tarbiyachi bolalarni pomidor ko’chati ekilgan yerga boshlab borib, ko’chatni parvarish qilish kerakligi va bu ish nimadan iborat ekanligi haqida suhbat o’tkazib, parvarish bilan bog’liq bo’lgan ishlar bajarilgach, oradan bir hafta o’tgach, ‘Biz pomidor ko’chatini qanday ekdik va parvarish qildik" mavzusida yakuniy suhbat o’tkazadi. Ushbu suhbat jarayonida bolalarga quyidagi savollarni berish mumkin: — Biz o’tgan haftada qayerga borgan edik? — U yerda biz nimani kuzatgan edik? — Biz tuvakdagi pomidor ko’chatini qayerga ekkan edik? — Har kirn o’z ko’chati yoniga qanday belgi qo’ygan edi? Buni nima uchun qilgan edi? — Nima uchun pomidor ko’chatiga o’g’it solinadi? — Ko’chatga suvni nimada quydingiz? Nima uchun leykada suv quydingiz? — Pomidor ko’chatlari uchun quyosh nuri nima uchun kerak? — Pomidor yaxshi o’sishi uchun uni nimalardan tozalash kerak? — Pomidor qachon ekiladi? U qachon pishadi? — Bizning ekiti mavdonimizda yana qanday sabzavotlar bor? Ular nima uchun kerak? Tarbiyachi bolalar javobini to’ldiradi va suhbatni sabzavotlar to’g’risidagi shc’rlar yoki topishmoqlar aytish bilan tugatadi. Har bir suhbat 3 qismdan iborat bo’ladi: I)suhbatni boshlash; 2) suhbatning borishi; 3) suhbatni yakunlash. Suhbat mashg’ulotini tashkil etishda asosiy o’rinni suhbatni boshlash qismi egallaydi. Suhbatni boshlashda bolalar e’tibori biror-bir narsa yoki suratni ko’rishga yoki bo’lmasa, ularga tanish bo’lgan hodisalarni eslashga qaratiladi. Ba’zan suhbatni quyidagi jumlalarni aytish bilan ham boshlash mumkin: ‘Men ko’pincha o’ylab qolaman, baliqlar akvariumda o’zlarini qanday his qilar ekanlar...", ‘Bugun men avtobusda emas, trollcybusda kelishimga to’g’ri keldi va shunda o’ylab qoldim, mening bolalarim qanday transportlarga tushish mumkinligini bilisharmikan?". ‘Bolalar, 2OOkim biladi, mening qo’limdagi nima? “Ba’zan tarbiyachi suhbatni suhbat mavzusiga yaqin bo’lgan topishmoq yoki she’r aytib berishdan ham boshlashi mumkin. Download 48.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling