Suhbat mashg’ulotining borishida tarbiyachining tushuntirishi, ko’rsatmasi, bergan savollari asosiy o’rinni cgallaydi. Suhbat uchun savollarni to’g’ri tanlay bilish juda muhimdir. Savollar bolalarga tushunarli bo’lishi lozim. Shuning uchun bolalarga beriladigan savollarni tuzishda tarbiyachi oldiga quyidagi talablar qo’yiladi:
Savol aniq va sodda bo’lishi kerak.
Savolni tuzayotgan vaqtda tarbiyachining o’zi bolalardan qanday javob chiqishini ko’z oldiga keltirishi lozim.
Bolalarning idrok qilishlari turlicha bo’lishini hisobga olib,
tarbiyachi yordamclh savollar berish orqali asosiy savolning mazmunini bolalarga anglatishi lozim.
Masalan, bolalarning oshpaz mehnati haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida tarbiyachi ularni oshxonaga olib boradi va oshpazning ishini kuzatish jarayonida bolalar bilan suhbat o’tkazadi. Buning uchun suhbat olib borish jarayonida quyidagi savollarni berish mumkin:
— Biz hozir qayerga keldik?
— Oshxonada kimlar ishlaydi?
— Ular qanday ishlarni bajaradilar?
— Qanday ovqatlarni tayyorlaydilar?
— Nimalarni qovuradilar?
— Nimalarni qaynatadilar?
— Hozir qanday ovqatlarni tayyorlamoqdalar?
— Bu ovqatlarni pishirish uchun qanday asboblar kerak bo’ladi?
— Ovqat tayyorlash uchun qanday masalliqlar kerak?
— Oshpaz ovqatni kimlar uchun tayyorlaydi?
— Qani ayting-chi, oshpaz mehnati yengiimi yoki og’irmi?
Tarbiyachi suhbatni topishmoq, she’r, maqol, ashula aytib berish, suhbat mavzusiga taalluqli suratni ko’rsatish, axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan mantiqiy xulosalar qilish bilan yakunlaydi.
Suhbat mazmuni va mavzulari.
Suhbat mazmuni — bu ,,Dastur"ning ‘Bolalarni tevarak- atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tarbiyalash" bo’limidagi materiallar hisoblanadi. Bunga tevarak- atrof va ona-Vatan. maishiy mavzudagi. buyuk siymolar va bayramlar, harbiy qo’shinlar, mashhur sarkardalar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, maishiy-xo’jalik va mehnat buyumlari, xalq ijodi, tabiat, shuningdek, bolalar bog’chasida bolalarning turli faoliyatlari {o’yinlari, mehnat, o’zaro yordam va hokazo) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |