Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat
I.BOB. BOLALARDA BOG’LANISHLI NUTQNING RIVOJLANISH NAZARIYASI
Download 48.9 Kb.
|
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish
I.BOB. BOLALARDA BOG’LANISHLI NUTQNING RIVOJLANISH NAZARIYASI
1.1. Bog’lanishli nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda rivojlantirish xususiyatlari Har bir bola bog’chada o’z fikrini mazmunli, grammatik jihatdan to’g’ri, bir-biriga mantiqan bog’langan liolda bayon etishga o’rganishi kerak. Bog’langan nutqda bolaning mantiqiy tafak- kuri, idrok qilganlari yuzasidan fikrlay olishi va mantiqiy nutqda uni to’g’ri, aniq bayon etishi aks etadi. Bolaning o’z fikrini bayon etishiga qarab, nutqining rivojlanganlik darajasini belgilash mumkin. O’z fikrini aniq, ifodali, izchillik bilan bog’lab bayon eta olishi bolaning estetik rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bog’lanishli nutq deganda, ma’lum bir mazmundagi fikrni mantiqan bir-biriga bog’lab, izchi! ravishda, grammatik jihatdan to’g’ri va obrazli qilib bayon qilish tushuniladi. Bolalarda bog’lanishli nutqning rivojlanishi ona tiliga o’rga- tishning quyidagi vazifalarini ham hal qiladi: lug’at ishini (keng so’zlar to’plami va undan foydalana olish, fikrni aniq va to’liq ifoda etishga yordam beradi); nutqni grammatik jihatdan to’g’ri shakilantirishni (o’z fikrini sodda va yoyiq, ergashgan va bog’langan qo’shma gaplar- dan, son, sifat, kelishik qo’shimchalaridan to’g’ri foydalanib bayon etish); nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni (nutqning aniq, ma’noli, burro bo’lishi). Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo’lib, ularning har qaysisi o’z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha kishining suhbat i, savollar va uning javoblari) bu to’liq bo’lmagan (qisqa) javobdir. Dialogik nutqning asosiy belgilari—to’liq bo’lmagan, undov so’zlardan iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli e’tirozni bildirish, suhbat- doshining javobini tuzatish va to’ldirish, muhokama va munozara qilish, o’z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir. Monologik nutq bir kishining nutqi bo’lib, so’zlovchidan keng, aniq, to’liq, bog’langan fikmi talab etadi. Monolog hikoya tushuntirish, so’zlovchidan o’z fikrini asosiy narsaga qaratishni, jonli, obrazli, his-hayajon bilan gapirishni talab etadi. V. 1. Tixeyeva, A. Sh. Usova, A. M. Muxina, L. A. Penevskaya, М. M. Konina, О. I. Solovyova va boshqalarning bog’lanishli nutq sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda tarbiyachining rahbarlik roliga katta ahamiyat beradilar. Ular: ‘Agarda bog’lanishli nutqqa qaratilgan mashg’ulotlar uzluksiz (sistemali) tarzda olib borilsa, unga tarbiyachi ongli ravishda rahbarlik qilsa, bolalarda o’z fikrlarini bir-biriga bog’lab gapirish malakasi rivojlanadi", degan fikmi bayon etadilar. Kichik yoshdagi bolalarda nutqni tushunish takomillashadi (so’zli topshiriqlarni, kattalarning ko’rsatmalarini, murakkab bo’lmagan adabiy asar mazmunini tushunadilar). Endi nutq aloqa vositasigina bo’lib qolmay, balki kattalarning so’z orqali tushuntirishlari yordamida bilimlarni egallash manbayiga aylana boshlaydi. Bolaning kattalar, tengdoshlari bilan bo’ladigan ancha murakkab va turli xildagi muomalasi nutqning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi: tasavvurlarini boyitadi, lug’atini kengaytiradi. Ko’p harakatlar qilishi natijasida uning nutqi fe’llar, olmoshlar, ravishlar, old qo’shimchalar bilan boyiydi. Turli so’zlardan va ularning turli tartibidan foydalanib, oddiy gaplar tuza boshlaydi: Behzod cho’miladi; Sayrga chiqaman: Sutni men ichmayman. Uch yoshli bolalar uchun oddiy shakldagi dialogik nutq (savollarga javob) xosdir. Biroq ular endi o’zlarining fikrlarini bog’lab bayon etishni o’zlashtira boshlaydilar. Ular hali o’z nutqlarida juda ko’p xatolarga yo’l qo’yadilar: gapni noto’g’ri tuzadilar, buyumlarning harakatini, sifatini noto’g’ri aytadilar. Bolalarni so’zlashuv nutqiga o’rgatish va uni rivojlantirish monologik nutqni shakllantirishning asosi Ihsoblanadi. O rta guruh yoshidagi bolalarda bog’lanishli nutqning rivojlanishida ular lug’atida 2,5 mingtagacha so’zlarning bo’lishi va ularni faollashtirish katta ahamiyatga ega. Bu yoshdagi bola kattalar nutqini tushunibgina qolmay, balki o’z nutqida buyumlarning belgilarini, sifatini bildiruvchi so’zlarni, vaqtni va oddiy munosabatlarni aks ettiruvchi ravishlarni ishlata boshlaydi. 4 — 5 yoshli bolaning dialogik nutqida savolga to’liq, keng javob berish talab etilsa-da, to’liq bo’lmagan jumlalarni ishlatish hollari juda ko’p uchraydi, mustaqil javob berishda qiynaladilar, ko’pincha ular tasdiq shaklidagi savollardan foydalanadilar, savollarni to’g’ri tuza olmaydilar, o’rtoqlarining javobini tuzatish va to’ldirishga qiynaladilar. Shuningdek, ularda nutqning tuzilishi ilk shakliga ega bo’ladi. Ergashgan qo’shma gaplarni ishlatishda asosiy qism (shuning uchun, nima, qachon) tashlab ketiladi. Bolalar sekin-astalik bilan surat va o’yinchoqlar asosida mustaqil ravishda uncha katta bo’lmagan hikoyalar tuza boshlaydilar. Biroq ularning hikoyalari ko’pincha kattalar hikoyasining aynan nusxasi bo’ladi. Ular hali kerakli narsani keraksizdan, muhimni ikkinchi darajalidan ajrata olmaydilar, Katta guruh yoshidagi bolalarda bog’lanishli nutq ancha rivojlangan bo’ladi. Ular umumlashtirish, xulosa chiqarish, muhokama vuritish kabi malakalarga ega bo’lishadi. Dialogik nutqlarga, savollarga aniq, qisqa yoki keng tarzda javob bera oladilar. Savollarni to’g’ri tuza olish malakasi paydo bo’ladi, kerak paytda luqma tush lash, o’rtog’ining javobini to’ldirish va tuzatish kabi xususiyatlar rivojlanadi. Ularda katta kishilarning ta’siri ostida fikr yuritish faoliyati takomillashadi, uning mazmuni va shaklida o’zgarish yuz beradi. Narsa-buyumlardagi yoki hodisalardagi eng muhim belgilarni aytib berish malakasi shakllana boshlaydi. 5 — 6 yoshli bolalar suhbatda va so’zlashishda faol ishtirok etadilar: tortishadilar, muhokama qiladilar, o’z fikrlarini asosli deb biladilar, o’rtoqlarini bunga ishontiradilar. Endi ular narsa-buyumlarning, hodisalarning nomlarini aytish bilangina chegaralanmaydilar, balki ularning eng xarakterli belgilarini, sifatlarini aytadilar, narsa- buyumlarni yoki hodisalarni yetarli darajada to’liq tahlil qiladilar. Buyumlar va hodisalar o’rtasidagi ba’zi bir bog’lanishlarni belgilay olish malakasi bolalarning monologik nutqida o’z aksini topadi. Bu yoshga kelib ularning nutqida ergashgan qo’shma gaplar paydo bo’la boshlaydi, to’liq bo’lmagan va oddiy gaplar miqdori kamayadi. Taklif etilgan mavzuda tasviriy va voqeiy hikoya tuzish malakasi paydo bo’ladi. Biroq bu yoshda ham bolalar 188 tarbiyachining namunasiga muhtoj bo’ladilar. Ularning hikoyasida tasvirlanayotgan narsa- buyumga yoki hodisaga o’zining emotsional munosabatini bildirish hali yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi. Bolalarda bog’lanishli nutq mashg’ulotlar va kundalik hayot jarayonida rivojlantiriladi. ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi"ning kichik guruh bolalarini hikoya qilishga o’rgatish bo’limida bog’lanishli nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi tayyorgarlik ishlarini olib borish ko’rsatilgan. Ayniqsa, ushbu guruhda so’zlashuv nutqini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalarning har bir aytgan fikriga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lib, uni qo’llab-quvvatlash kerak. Awal bolalarni so’z yordamidagi topshiriqlarni (o’yinchoqni olib kelish, nimanidir ko’rsatish yoki suratdan kimnidir, ni- manidir ko’rsatish) bajarishga, so’ngra tarbiyachining savollariga javob berishga, uni tinglashga, ertakdagi ayrim qahramonlarning ashulalarini tarbiyachi bilan birgalikda takrorlashga o’rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarga beriladigan savollar bola uchun aniq va tushunarli bo’lishi kerak. (‘Sen qanday o’yinchoqlarni yaxshi ko’rasan? Bu o’yinchoq haqida gapirib ber. Bu suratda nima tasvirlangan?") Tarbiyachi bolaning bitta yoki ikkita jumladart iborat bo’lgan fikrlarining mazmunini fahmlab, o’zining savol lari bilan bolaning fikrini to’liq va grammatik jihatdan to’g’ri bayon etishga undaydi. So’zlashuv nutqini rivojlantirish — bolalarni kattalarning nutqini tinglash va tushunish, savollarga javob berish, boshqa bolalarning oldida o’z fikrini aytish, bir-birini tinglashdan iborat. O’rta va katta yoshdagi bolalar monologik nutqning asosiy turi — hikoya va qayta hikoya qilish malakasini egallaydilar. Hikoya va qayta hikoya qilish bog’langan nutqning eng murakkab turidir. Bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirish ularni hikoya qilishga o’rgatish orqali amalga oshiriladi. (Bolalar bog’chasi dasturlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish, badiiv adabiyot. Т., 1992, 5 -6- betlar.) Download 48.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling