Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Download 48.9 Kb.
bet14/15
Sana04.05.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1424123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish

Suhbatning maqsadi: a) bolalarni suhbatlashisliga, suhbat- doshini tinglashga, o’zini tutib tura olishga, kutib turishga o’rgatish;
b) dialog nutqini rivojlantirish.
Mashg’ulotga tayyorgarlik: bolalar avtobusda, yengil avtomobilda yurish tajribasiga ega bo’lishlari kerak.
Suhbatning taxminiy rejasi: — Bolalar, eslanglar-chi, hayvonot bog’iga biz nimada borgan edik?
(Avtobusda.)
Eslaysizmi, avtobus qanday edi? (Katta, unga hamma bolalar va juda ko’p katta kishilar sig’gan edi.)
— Uning tashqi tomoni qanday rangda edi? Qizilmi? Ko’kmi? Icltki qismi, o’tirg’ichlari qanday rangda edi?
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
— Haydovchi qayerda o’tirgan edi? (Oldinda, rul yonida.)— Aytinglar-chi. yengil avtomobiiga: ,,Nexia“, ,,Tiko“ga
guruhimizdagi hamma bolalar sig’ishi mumkinmi? Nima uchun sig’maydi? Yengil avtomobilga necha kishi sig’ishi mumkin?
— Kim yengil mashinada o’tirgan? Nima uchun biz hayvonot bog’iga yayov ketmadik?
Tarbiyachi mashg’ulot ishlanmasini tuzganda bolalarning lug’atiga qaysi so’zlarni kiritishni hamda qaysi grammatik shakllarni faollashtirishni belgilab oladi.
2.Ikkita-uchta suhbat mashg’ulotini kuzating va kuzatishni quyidagi reja asosida amatga oshiring:
Mashg’ulotning dastur mazmuni qanday? Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya talablariga mos keladimi? Bolalarning tafakkurini va nutqini rivojlantirish bo’yicha vazifalar ushbu yosh guruhlari uchun mosmi?
Mashg’ulotning tuzilish qismi qanday (suhbat qismlarga to’g’ri keladimi), dastur vazifalarini hal etishda har bir qismning rolini izohlang.
Berilgan savollarning mazmuni qanday, mantiqan to’g’rimi? Tarbiyachi tanlagan mavzu bo’yicha dastur maqsadini amalga oshirishga yordam beradimi? Bolalarning javoblari berilgan savolni yoritishga yordam beradimi?
Ko’rgazmali qurol to’g’ri tanlanganmi? Qo’yilgan vazifani yechishda ko’rgazmaning roli qanday?
3.Bolalar bog’chalari uchun dasturlar (Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish, badiiy adabiyot) asosida suhbat mavzularini (turli yosh guruhlari uchun) tuzib chiqing va ularda dastur maqsadini ko’rsating.

Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling