Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Ta’limiy o’yinlar va ularning bolalar so’zlashuv nutqini o’stirishdagi ahamiyati


Download 48.9 Kb.
bet12/15
Sana04.05.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1424123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish

Ta’limiy o’yinlar va ularning bolalar so’zlashuv nutqini o’stirishdagi ahamiyati. Kichik guruhlarda bolalarni so’zlashuv nutqiga o’rgatishda mashg’ulotning o’yin shaklidan foydalaniladi. Bu mashg’ulot turiga bolalarning nutq faolligi (savollarga javob berishi) asosiy o’rinni egallaydi. Ta’limiy o’yinlar ko’proq qo’g’irchoqlar bilan olib borilib, bunda tarbiyachi qo’g’irchoq ishtirokida uncha katta bo’lmagan inssenirovkani o’ynaydi. masalan: yangi qo’g’irchoq bilan uchrashuv, qo’g’irchoq oshpaz va hokazolar. Qo’g’irchoqlar bilan birga o’tkaziladigan ta’limiy o’yinlarda tarbiyachi bolalar bilan qo’g’irchoq nomidan so’zlashadi, ya’ni bolalarga savollar beradi, o’zi savol berib, o’zi javob qaytaradi. So’zlashuvning bunday shakli bolalar qiziqishini oshiradi, nutqini faollashtiradi. Bolalar tarbiyachining har bir harakatini zo’r qiziqish bilan kuzatadilar, tushuntirishlarini, savollarini va javoblarini diqqat bilan tinglaydilar va o’zlari ham savollar be- rishga harakat qiladilar.
Misol tariqasida ‘Qo’g’irchoq oshpaz ishlayapti" (5 yoshli bolalar bilan) ta’limiy o’yin mashg’ulotining namunasini keltiramiz. Stol ustida qo’g’irchoq oshpaz, oshxona idish-tovoqlarining to’p- lami, o’yinchoq gaz plitasi, ‘oziq-ovqat" qo’yilgan stol.
T a r b i y a c h i : Bolalar, bizga Shuhrat ismli yangi oshpaz keldi. U yaqinda oshpazlar tayyorlaydigan bilim yurtini (maktabini) bitirgan, uning hali ish tajribasi yo’q. Unga sizning yordamingiz kerak. Men oshpaz Shuhrat nomidan gapiraman va ishlarni bajaraman, sizlar esa, agar men xato qilsam tuzatasizlar, siz xato qilsangiz, oshpaz tuzatadi. Tushunarlimi?
O s h p a z S h u h r a t (tarbiyachi). Sizlarga sabzavotlardan qanday ovqat tayyorlab beray?
V a 1 i. Sabzili kotlet... Shuhrat aka, siz sabzili kotlctni qovuring.
O s h p a z S h u h r a t . Yaxshi. Hozir men sabzili kotlet tayyorlayman: avval go’shtni olaman... Go’shtni? (oshpaz Shuhratning xatosini bolalar to’g’rilashi uchun go’sht so’zini intonatsiya bilan ajratib aytadi).

  1. o i l a . Shuhrat aka, go’sht kerak emas.

  2. s h p a z S h u h r a t . Nima uchun? Go’sht oziq-ovqat mahsuloti emasmi?

  1. o i l a . Go’sht oziq-ovqat mahsuloti, ammo siz sabzili kotlet tayyorlamoqehisiz, demak, sabzi kerak.

  2. s h p a z S h u h r a t , Voy, to’g’ri! Qiyma tayyorlash kerak, sabzini maydalash kerak. Hozir men uni sabzavot maydalagichga solib o’tkazaman, qirg’ichda maydalash ham mumkin, keyin sabziga yorma (manniy yornia) quyaman, tuxum chaqib soiaman. Men to’g’ri aytmadimmi? Behzod, nima deysan?

B e h z o d . Yormani quymaydilar, soladilar. (Agar Behzod xatoni tuzata olmasa, oshpaz Shuhratning o’zi xatosini eslab, uni tuzatadi.)
O s h p a z S h u h r a t . Endi kotlet qilaman. hozir unga botirib olaman, Lola, unni to’kadilarmi yoki quyadilarmi?
L o l a . Unni to’kadilar.
O s h p a z S h u h r a t . Endi tovaga yog’ni to’kaman va kotletni qovuraman, to’g’rimi? Ra’no, balki nimanidir to’g’ri aytnia- gandirman?
Ra’ no. Shuhrat aka, yog’ni to’kmaydilar, quyadilar. Hamma suyuq narsalarni quyadilar, sochiluvchan narsalarni esa to’kadilar (sochadilar), qattiq narsalarni soladilar. (Ra’noni bu javobni aytishga oldindan tayyorlash mumkin.)
O s h p a z S h u h r a t . Ha, ha, Ra’no, men endi esladim, suvni, qaymoqni, yog’ni va boshqa suyuq narsalarni quyadilar; yormani, tuzni, shakarni, unni soladilar (to’kadilar), go’shtni, sabzavotlarni, saryog’ni tovaga, tovoqqa qo’yadilar. Men bularni esimdan chiqarmasligim uchun, sen Lobar, yana bir marta bularni men uchun takrorla, nimalarni quyish mumkin?
L o b a r . Har qanday suyuq narsalarni: suvni, yog’ni, qaymoqni, sutni quyadilar.
O s h p a z S h u h r a t . Yaxshi, Lobar. Karim, nimani solish mumkin?
K a r i m . Yorma, un, tuz, shakar solinadi.
Shu tariqa rejadagi suhbat davom etadi. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazish tarbiyachidan oldindan tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. Buning uchun ta’limiy o’yin rejasini tuzib olish, ishtirok etuvchilarni tanlash, voqealarning borishini nazorat qilish lozim. Bunday mashg’ulotlar bolalarning nutqini faollashtirish maqsadida tashkil etiladi, shuning uchun so’zlashuvda bolalarning faol ishtirok etishlarini nazarda tutish kerak.

Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling