Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Suhbatda o’rgatish va tarbiyalash usullari


Download 48.9 Kb.
bet11/15
Sana04.05.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1424123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Maktabgacha talim yoshdagi bolalarda bog\'lanishli nutqni shakllantirish

2.2. Suhbatda o’rgatish va tarbiyalash usullari


Suhbatda asosiy o’rgatish usuli savollar berishdir. Mazmuni va shakli jihatdan har xil niurakkablikka ega bo’lgan savollardan foydalaniladi. Ayniqsa, bolalardan xulosa chiqarishni, muhokama qilishni, obycktlar o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashni talab etuvchi savollar juda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, obyektlarni taqqoslashni talab etuvchi savollar ham o’z qimmatiga ega. Masalan: Tramvay trolleybusdan nimasi bilan farq qiladi? Qaysi sabzavotlarni xomligicha, qaysilarini pishirilgan, qaysilarini qovurilgan holda yeymiz?
Baholovchi savollar bolalarni faollashtirishga yordam beradi. Masalan, suyuq ovqatning turlari haqidagi savollarga dastlab javob beruvchilar juda ko’p bo’ladi. Biroq ovqatning 3 — 4 turini aytishgach, bolalar aytilgan suyuq ovqat xillarini takrorlay boshlashadi: mastava, moshxo’rda, karam sho’rva. Bu holda tarbiyachi savolni boshqacha shaklda bergani ma’qul. Kimga qaysi suyuq ovqat ko’proq yoqadi? Yana juda ko’p bolalar javob berish uchun qo’l ko’tarishadi: makaron sho’rva, no’xat sho’rva, qovurma sho’rva va hokazo.
Bolalarga ona tilini o’rgatishda, lug’atini faollashtirishda suhbatning ahamiyati juda katta. Suhbatda lug’at ishining turli usullaridan foydalanish mumkin. Tarbiyachining ayrim so’zlarning ahamiyatini (ba’zan kelib chiqishini ham) tushuntirishi juda muhim. Masalan, oziq-ovqatlar haqidagi mashg’ulotning borishi jarayonida tarbiyachi shunday tushuntiradi: ‘Ha, bu oziq- ovqatlar muzlatgichda saqlanadi. Ularga sovuq joy kerak. Ular aynib qolmasligi uchun muzlatgichda saqlanadi". ‘To’g’ri, bu maxsus xona, u ‘omborxona" deb ataladi. Omborxonada oziq- ovqatlar saqlanadi. ‘Omborxona" so’zini esda saqlang". Lug’at ishida so’zlarni tarbiyachi bilan birgalikda jo’r (xor) bo’lib takrorlashdan foydalaniladi. Shuningdek, yangi yoki talaffuzi qiyin so’zlarni (motoroller, trolleybus, tipratikan va boshqalar) takrorlash mumkin. Mashg’ulotda bolalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun ularni tarbiyachiga va o’z o’rtoqlariga savollar berishga o’rgatish kerak. Chunki bolalarning savol berishi ularning diqqatini barqarorlashtiradi, qiziquvchanligini, sinchkovligini o’stiradi. Buning uchun tarbiyachi suhbat jarayonida bolalarda paydo bo’lgan savollarga katta e’tibor berishi kerak. Ularni rag’batlantirishi, kuzatuvchanliklari, qiziquvchanliklarini ta’kid- lab o’tishi lozim.
Tarbiyachi bolalarni savollarga so’zlar yoki jumlalar bilangina javob berishga o’rgatib qolmay, balki o’z fikrini kengroq bayon etishga ham o’rgatib boradi. Buning uchun bir-biriga bog’langan 2 — 3 ta savol berish usulidan foydalanadi. Masalan: Bizning yechinish xonamiz haqida gapirib ber. U qanday? G u r u h xonasidan nima bilan farq qiladi? U yerda qanday jihozlar bor va ular nima uchun kerak?
Bolalar ftkrining to’liq emasligi ko’rsatma berishni talab etadi: kengroq gapirib ber; o’zing esla va hammasi haqida gapirib ber va boshqalar. Suhbatda o’yin va emotsional xarakterdagi usullardan foydalanish ham yaxshi natijalar beradi: so’z o’yinlari, ‘Shundaymi yoki shunday emasmi?", ‘Masxaraboz o’rganyapti" shaklidagi o’yin- mashqlari, topishmoqlar, musiqa tinglash, badiiy asarlarni o’qib berish. Tarbiyachi deyarli barcha suhbat mash- g’ulotlarida ko’rgazmali qurollardan foydalanadi. Uning maqsa- di — bolalar diqqatini to’plashga yordam berish, bilimlarini aniqlash va boyitish, turli xi! analizatorlar ishtirokida suhbatda ishtirok etishni yengi 1 lashtirish. S u h b a t mashg’ulotida foydalaniladigan buyumlar (matcriallar) xarakteri jihatidan juda xilma-xil. Masalan, buyumlarning asli (o’zi), o’yinchoqlar, suratlar (rasmlar), yirik suratlar yoki illustratsiyalar (tasvirlar), amaliy san’at jihozlari. Suhbatning kirish qismida foydalaniladigan ko’rgazmali qurol bolalar diqqatini to’plashga, ularning bilimlarini jonlantirishga (bayram to’g’risidagi suhbatda bayram jihozlari, bolalarning uydagi hayotlari haqidagi suhbatda ‘Oilada" nomli surat) yordam beradi.
Mashg’ulotning borishida foydalaniladigan ko’rgazmali quroldan bolalarning bilimini aniqlash. diqqatini faollashtirish, mashg’ulotning oxirida esa emotsional kayfiyatni vujudga keltirish maqsadida foydalaniladi.

Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling