Bolalarni ijodiy Hikoya qilishga orgatish


Download 1.65 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1469321
  1   2   3
Bog'liq
Bolalarni ijodiy Hikoya qilishga orgatish


Bolalarni ijodiy Hikoya qilishga orgatish

Reja:


  1. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’kitish ishining mazmuni va uning vazifalari.

  2. Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi.

Hikoya qilib berishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularni o’rgatishning izchilligi.

  1. Hikoya to’kishni o’rgatish.


Turli yosh bosqichlarida monologik nutqni o’kitish ishining mazmuni va uning vazifalari
Bolalarga monologik nutqni muntazam o’kitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o’kish va sanok she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To’rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini ko’llashga, yetti yoshdan boshlab esa – kiska mulohaza yuritishga kodir bo’ladilar.
Monologning kiyinligi shundaki, u dikkat-e’tiborini o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan vokea yoki badiiy asarga karatgan boladan bir vaktning o’zida nafakat narsalar, hodisalarni paykash, balki ular o’rtasidagi bog’liqlikni ham sezishni talab kiladi. Bu bir vaktning o’zida fikrlash va nutqni rivojlantirish vositasi hisoblangan xotirani ham ishga solishga olib keladi. Kattalar bolaga ђamxo’rlik ko’rsatib, monologlar uchun mavzu kidirish, bolalarni tinglash orkali bu mushkulotlarni yengib o’tishda ularga yordam beradilar.
Bolalarga monologik nutqni to’g’ri o’rgatish uchun pedagog maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalarning yosh imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Ular nutqiy sohada nimasi bilan ajralib turadilar?
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chukur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi o’rtog’iga karatilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunlirok bo’la boshlaydi. SHerik bilan dialog - muvofiklashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi ko’shnilari e’tiborini jalb kila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan kizikadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalar turlicha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloka o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga dikkatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulkiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtoђining harakatlarini muvofiklashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni kayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat kiladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq ob’ektiv alokalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, kofiyalar va fikrlar bilan anglaydi. O’zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini kondirish uchun bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chikib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli bo’lgan) foydalanadi.
Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual kiyofasini yaratgan holda o’zaro hamjihatlikda mavjud bo’ladi.
Dialogni rivojlantirish nafakat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o’zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy kismi hisoblanadi. Dialogik muloqot nafakat aloka (intellektual axborot) va o’z manfaatlariga yo’nalishni, balki sherikning nuktai-nazarini, uning kizikishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko’zda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiklashtirish bevosita o’z tengdoshini tushuna olish va uning nuktai-nazarini kabul qilishga bog’liq bo’ladi.

Bolalar bunday tajribani birgalikdagi faoliyatda: yasash, chizish, jamoa o’yinlarini o’ynash natijasida to’playdilar. Tengdoshlari bilan muloqot qilishda bola nutqi mazmundorlikdek (muloqot vaziyatidan kat’iy nazar mazmun fakat til vositalaridan foydalanish orkaligina tushunarli) sifatga ega bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi shakli – monolog tuђiladi va shakllanadi.U bolaning o’z fikrlari, his-tuyђulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o’rtoklashish istagi okibatida vujudga keladi. Bunda nutq kiska hikoya shakliga ega bo’ladi. Hikoyada albatta, bolani lol koldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir kizik hodisa (tabiat ko’ynidagi kizikarli uchrashuv, ukasning kulgili harakatlari va h.) aks etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib berishni, o’kiganlarini so’zlab berishni xush ko’radilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutuђi – jaranglayotgan nutqka kizikishning shidda bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir.
So’zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, kofiya, mazmun bilan o’tkaziladigan o’yinlarda, so’z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko’rinadi.
Til vokeligini anglash uning barcha tomonlarini – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini kamrab oladi. So’zga nisbatan ongli munosabat lug’at takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p ma’noli so’zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi, tinglash kobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga (morfologiya, so’z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Lug’at rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi oldingi o’ringa chikadi.
Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchik-chuchuk), sinonimiya (o’tkir, uchkir, charxlangan), ko’p ma’nolilik (o’tkir pichok, achchik kalampir, o’tkir til) kabi hodisalarni tushunish va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluklidir. Bolalar tabiat hodisalari, narsalar, insonlarning hatti- harakatlarini takkoslashda turlicha va umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yakin ma’noli so’zlar, kiyoslashlar, anik fe’llar, o’xshatishlar yordamida ularni nutqka olib kirishni o’rganadilar.
So’z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko’p ma’noli so’zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar funktsiyalarini takkoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar shakllanadi (hayvonlar, mebel, transport va h.).
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til vokeligini eng oddiy tarzda anglashni shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so’zlar, tovushlar, kofiyalar (pomidor-koridor) faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglashidagi umumiy va turlicha tovushlarni belgilay oladilar, artikulyatsiya yoki akustik jihatdan yakin tovushlarni (S-SH, S-Z, S-S) farklashga kodirlar, she’r, makol yoki tez aytishdagi 4-5 ta so’zda uchragan tovushlarni belgilay oladilar. Bolalar aralash tovushlardan iborat bo’lgan tez aytishlarni anik talaffuz qilishni mashk qilishni, ularni turli tezlikda, turli ohanglarda aytishni yoktiradilar.
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan to’g’riligini shakllantirish nutqka nisbatan tankidiy munosabatning paydo bo’lganligi va rivojlanganligi, anik va to’g’ri gapirishga intilish bilan bog’liqdir. To’g’rilikka intilish grammatikaning barcha sohalarida, ya’ni – morfologiyada (shaklning anik shakllanishida, ko’p turdagi shakllarni o’zlashtirishda), so’z yasashda (non uchun - nondon, tuz uchun - tuzdon), sintaksisda (og’zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» boђlovchisini ko’p marta ko’llash orkali gapni «cho’zish» hamda bir gapda to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo’la boshlaydi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro’y beradi.
Besh yoshli bola hali ham ishtiyok bilan grammatik shakllarni o’ynaydi va aynan so’z bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to’g’riligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Lug’at rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik to’g’rilikni shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini o’zlashtirish (boђlovchilar, o’rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida gaplarni boђlash vositalari; tavsiflash, bayon qilish tuzilmasi) bilan uzviy bog’liqdir. Ko’p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik nutq negizida rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq holda bo’ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan muayyan shakldagi muloqot turiga muhtoj bo’ladi. Bu nafakat tashki dunyo va boshka odamni anglashga, balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo’naltirilgandir.

Nutqiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik ko’rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash sur’atida ifodalanadi.
Ko’pchilik bolalar o’z harakatlarini sharhlashni, atrofdagilar e’tiborini o’ziga jalb qilishni xush ko’radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy muloqot amaliy faoliyat bilan zid keladi va buning natijasida bunday ko’p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi boshka bolalardan ortda kola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo’lmagan bolalar kap so’zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va to’g’ri hal etadilar.
Ravon nutqning paydo bo’lish muddati va mahsuldorligi ham fark qilishi mumkin. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi.
Bolalar sehrli ertaklarni, bo’lgan vokealarni bir-birlariga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’kiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni («Zumrad va Kimmat») mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlar asosida kichik og’zaki insho to’kiy olsa - bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Ravon nutqni o’kitish vazifalari quyidagilardan iborat: Bolalarning o’z tashabbusiga ko’ra yoki kattalarning taklifiga ko’ra hikoya qilib berishga kizikishini ko’llab-kuvvatlash; ertaklar, suratlar va o’z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so’zdagi mazmunini kiska hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o’rgatish.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling