Bolalarni jismoniy rivojlanishi va salomatligi


Yosh davrlarning tavsifnomasi


Download 42 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi42 Kb.
#1263305
1   2
Bog'liq
BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANISHI VA SALOMATLIGI

Yosh davrlarning tavsifnomasi

Fiziologlar va tibbiy xodimlar bolalarning turli bosqichlardagi o’sish va rivojlanish xususiyatlarni aniqlash uchun bir nechta yosh davrlarni ajratganlar. Yosh davrlarga ajratishda quyidagi ko’rsatkichlarga asoslanishgan: tishlarning chiqishi, skeletning ayrim qismlarini suyaklanishi, o’sish va psixik rivojlantirishni xususiyatlari va h.k.


Pediatriyada eng keng tarkalgan N.P. Gundobin tomonidan ishlab chiqilgan tavsifnomasidir. N.P. Gundobin tavsifnomasida bolaning o’sib – o’lg’oyatgan organizmini biologik xususiyatlari asosga olinib qo’ydagilarga bo’linadi:

  1. Yangi tug’ilish davri – (kindigi tushgunicha).

  2. Ko’krak yoshi davri - (1 yoshgacha).

  3. Sut tishlar davri – (1 yoshdan – 6-7 yoshgacha).

  4. Katta bolalik davri – (8-11 yoshgacha).

  5. Balog’at yoshi davri – (12-17 yosh).

1965y. Moskvada o’tgan yosh davrlarga bag’ishlangan xalqaro simpoziumda yosh davrlar sxemasi ta’sdiqlangan, unga ko’ra qo’yidagi bosqichlar ajratilgan:

  1. Yangi tug’ilish davri – (1kundan – 10 kungacha).

  2. Ko’krak yoshi davri - (1 yoshgacha).

  3. Ilk bolalik davri – (1- 3 yoshgacha).

  4. Birinchi bolalik davri – (4-7 yoshgacha).

  5. Ikkinchi bolalik davri – (8-12 yoshgacha - o’g’il bolalar; 8-11 yoshgacha qiz bolalar).

Yevropa Ittifoqida bolalar, yoshlar va yosh oilalarda salomatlik gardientlari pasayishi kuzatilyapti. Bunga nima ta’sir qilmoqda. Yevropa Ittifoqining barcha mamlakalatlarida salomatlik darajasi va ijtimoiy status orasida tizimli korelllyatsiya mavjud – ijtimoiy holat, statusda pasayishlar kuzatilishi bilan salomatlik darajasining ham pasayishi kuzatiladi. Sog’liqni saqlash sohasidagi ushbu ijtimoiy gradientlar zararli va adolatsizdir, ayniqsa, gap bolalar va yoshlar haqida ketganida bu adolatsizlik yaqqol seziladi, chunki dastlabki yillardagi qiyinchiliklar butun hayot sikli davomidagi salomatlik darajasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. 1
Chet el olimlari Giorgio Barbareschi, Aagje Leven ning fikricha bola – 18 – yoshga yetmagan har bir inson. 18 yoshdan katta bo’lgan, hali kattalar hayotiga moslashib ulgurmagan yoshlar ham ushbu toifaga kiritiladi. Biz turli xil yosh toifalarini ta’riflash uchun quyidagi atamalardan foydalanamiz:

  • Ilk bolalik (0 – 5 yosh) o’ziga quyidagi yosh toifachalarini qamrab oladi:

  1. Go’daklar (0 – 12 hafta)

  2. Chaqaloqlar (0 – 12 oy)

  3. Kichkintoylar (1 – 3 yosh)

  4. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar (3 – 5 yoki 6 yosh)

  • O’rta bolalik (6 – 12 yosh)

  • O’smirlar (12 – 18 yosh)

  • Yoshlar (15 – 24 yosh).

BMT yoshlikni shaxs yoshi sifatida 15 – 24 yosh etib belgilaydi. BMTning fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti YUNISEF yoshlarni doimiy evolyutsiyada bo’lgan turli xil guruhlar sifatida tan oladi va yosh bo’lish “turli xil hududlar va alohida mamlakatlarda jiddiy tarzda farqlanadi” deya ta’kidlaydi2
Maktabgacha ta’lim muassasalari 2-7 yoshgacha bo’lgan bolalarga muljallangan, guruhlar bolani yoshiga karab tashkillashtiriladi.
1. Yangi tug’ilgan davri (tug’ilishdan bolani kindigi tushgunicha, o’rta hisobdan 2 xaftagacha). Bola tug’ilishi bilan hayot sharoitlarini keskin o’zgarishlari tufayli uni organizmi yangi sharoitga moslashadi. Bu xol ko’pgina organ va tizimlarning faoliyatiga ta’sir etadi va ularni buzilishiga olib keladi. Tug’ilgandan song -2-4 kun ichida) bolani vazni 6-10%-ga kamayadi, terisini sarg’aishi yoki qizarib ketishi, tana xaroratini o’zgarishi natijasida bolani tana xarorati yoki ko’tariladi yoki pasayishi quzatilgan.
To’g’ri ovqatlanish va parvarish etish natijasida bu belgilan 2-chi xaftani ohirida yo’qolib ketadi. Shu yosh davrda kuzatiladigan kasalliklar qo’yidagi sabablarga bog’liqdir:
- ona qornidagi rivojlanishni buzilishi;
- chala rivojlanish;
- nuqsonlarni paydo bo’lishi;
- tug’ilish vaqtida jaroxatlanishlar (miyaga qon quyilishlar; shishishlar paydo bo’lishi; suyaklarni sinishi va nasl bilan bog’likligi, ya’ni gemofiliya, aqliy rivojlanishda orqada qolishi quzatiladi).
Bu davrda bolaning to’g’ri rivojlanishining faqat ona suti bilan ovqatlanish ta’minlaydi.
Ko’krak yoshi davrida boshqa davrda quzatiladigan bolani o’sish va rivojlanishi intensiv tarzda amalga oshiriladi. Birinchi yarim yilda bolani vazni 600 gr., buyi 2,5-3 sm. ko’shiladi. Bolani tez o’sishi va rivojlanishi uchun kerakli darajada, ovqat bilan ta’minlash zarur, ammo ovqat xazm qilish tizimi xali yetarli darajada rivojlanmagani uchun ovqatni sifati yoki hajmi o’zgarish natijasida bolalalarda o’tkir yoki surunkali kasalliklar vujudga keladi. SHu bilan avitaminoz, eksudativ diatez yuzaga qelishi mumkin.
Bolani terisi juda yupqa va nozik bo’lgani uchun ularda tez-tez terini yalliglanishi va yiringlashiga olib keladi. Yuqumli kasalliklar ham ko’krak yoshidagi bolalarda kamdan kam uchraydi.
Kichik yoshdagi bolalar ko’p vaqtini uykuda o’tkazadi, chunki ularda nerv tizimida qo’zgalish jarayoni tezlik bilan tormozlanish holatiga o’tadi.
Bolani birinchi yoshida nutq rivojlanishi boshlaydi, oldin tovushlar paydo bo’ladi sung so’zlashga harakat qiladi. Bir yoshdagi bola atrofdigilarni suzlarini tushunadi va o’zi ham 5-10 so’zni gapira oladi. Bir yoshda bola o’tiradi, yaxshi turuda va yurishga harakat qiladi.
Ilk bolalik davri 1-3 yoshgacha bo’lib, yasli davri deb hisoblanadi. Bu davrda bolani o’sishi va rivojlanishi birmuncha suslashashadi. Bir yilda bolani buyi 8-10 sm., vazni 4-6 kg. ortadi.
Bolani sut tishlar 8-ta-gacha va ovqat shiralarini hajmi va qontsentratsiyasi ko’paiyshi natijasida uni asta-sekinlak bilan umumiy ovqatlanishga o’tkaziladi.
2 yoshgacha bolalarda tayanch xaraqat apparatining intensiv rivojlanishi kuzatiladi, nerv tizimi va sezgi organlar tezlik bilan rivojlanadi, xaraqat koordinatsiyalari rivojlanadi, bolani mustaqil yurishi natijasida tashqi muhit bilan tezrok aloqada bo’ladi, lug’at hajmi 200-300 so’zga yetadi va u to’lik jumlalar tuza oladi.
Bola atrof muhit va boshqa bolalar bilan kengroq aloqada bo’lishi natijasida yuqumli kasalliklar xafi ko’payadi.
Bola yoshi katalashgan sari onadan o’tgan immunitet susayadi va turli xil yuqumli kasalliklar (qizamik, ko’k yo’tal, dizentiriya va x.k.) soni ko’paya boshlaydi. Bu davrda bolalar bilan turli yo’nalishdagi tarbiya ishlarini amalga oshirish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-7 yoshgacha). Bu davr bolaning o’sish tezligini susaishi bilan xarakterlanadi, uni bo’y o’sishi bir yilda 5-8 sm., vazni esa 2 kg. ortadi. Tana proportsiyasini o’zgarishi yaqqol ko’zga tashlanadi. 6-7 yoshdagi bolalarda kalla suyagi tanaga nisbati 1:6 tashkil etadi.
Bu yoshdagi bolalar murakkab koordinatsiyalashgan jismoniy mashqlarni bajarish qobiliyatiga egadir, chunki ularni mushak to’qmalarining innervatsion apparati ancha yaxshi rivojlangan. Bu yoshdagi bolalar sakrash va tez yugurish, zinada erkin yurishga, musiqa asboblarni chalish, rasm solish, yasash, kog’ozdan turli hil murakkab ornamentlarni kaychida kesib olish malakalarni o’zlashtira oladilar.
Bu yoshdagi bolalar ancha uzoqroq muddat turli xil faoliyat bilan shug’ullanish imqoniyatiga ega, chunki ularni nerv xujayralarini ko’zg’alishi qobiliyati ancha ortib boradi. 3-yoshdagi bolani so’z lug’ati ancha ortib boradi va bolani hulq atvorini shakkillanishi nutq katta ahamiyatga egadir. Harakatli o’yinlar va mashg’ulotlar, she’r va ashula aytish, kattalar bilan muloqatda bo’lish bolaning nutqini rivojlanishiga olib keladi.
Bolao’ar nutqi ravon va tug’ri bo’lishi atrofdagi kattalar xar bir suz va jumlalarni tug’ri talaffuz etishiga bog’lik chunki bolalar ularga o’xshatib gapirishga harakat qiladilar. Bolalarni nutqini rivojlanishining susaishiga kattalarni bolalarga etiborsizligi hamda o’tkir va surunkali kasalliklar sabab bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalarda nutqini rivojlanishini susaishi va ayrim tovushlarni notug’ri talaffuz etishi logoped mutahasisi yordamida bartaraf etiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovqat xazm qilish tizimining kasalliklari nisbatdan kamroq uchraydi, lekigin bolalar yuqumli kasalliklari (qizilcha, angina, nafas olish yo’llarni yalig’lanish va h.q.) tez-tez uchrab turadi.



1 The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 221 page

2 The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium, 205 page

Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling