Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/78
Sana14.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1702243
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Bog'liq
927f9c82e70940e5394e80372c6bb417 bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi

2.5.Qishloq xo'jalik ishlari. Dekabr oyida paxta dalalarida «oq oltin»ning oxirgi qoldiqlari 
yig'ishtirib olinadi, g'o'zapoyalar yig'ib olinib, yerga o'g'it solib, shudgor qilinadi. Ba'zi joylarda 
zarur bo'lgan hollarda yaxob suvi berilib, yerning sho'ri yuviladi. 
Bog'larda daraxtlarni butash, atroflarini yumshatish va qator oralarini haydash
shuningdek, zarakunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi. 
Yanvar oyida parniklarda ertangi sabzavotlar rediska, pomidor, bodring, karam va boshqa 
o'simliklar ko'chatlarini yetishtirish boshlanadi. Yetishtirilgan ko'chatlar parnik yoki 
issiqhonalarga o'tqaziladi. Bundan keyin bevosita dalalarga ekiladigan ko'chatlar tayyorlanadi. 
Issiqhona va parniklarda fevral oyida ertangi pomidor, bulg'or qalapmiri, baqlajon va 
boshqa sabzavot o'simliklarining ko'chatlarini yetishtirish uchun sabzavot urug'lari ekish davom 
etadi. Fevral oyida parniklarda ba'zi bir gul ko'chatlari yetishtirish uchun: chinnigul, qo'qongul, 
sambittol, petuniya (gullari kattakatta bog' o'simligi), xushbo'y tamaki, siniya (qizil gulli xona 
o'simligi), ajdarog'iz (yirik gulli o'simlik) va boshqa gullarning urug'lari ekiladi. Parnik va 
issiqxonalarda ertangi rediska, bodring, ertangi karam va boshqa sabzavotlar o'stiriladi. Iliq kunlar 
bo'lganda bolalar bog'chasi hovlisida rediska urug'i sepiladi. Bunda bolalar ham qatnashadilar. 
Ana shu vaqtda ko'chalar, istirohat bog'larini obodonlashtirish ishlari boshlanadi, har turli 
daraxtlar: eman, chinor, qayrag'och, kashtan (qora qayinlar oilasiga mansub daraxt va shu 
daraxting yong'og'i), shumtol daraxtining barcha turlari, teraklarning barcha turlari, oq akatsiya, 
zarang, gledichiya, aylant, qora tol va boshqa daraxt ko'chatlari ekiladi. 
Ko'chalarni ko'kalamzorlashtirishda shu narsani esda tutish kerakki, hatto tez o'sadigan 
daraxt ko'chatlari ham kamida 5—6 yil o'tgandan keyin chiroyli manzara beradi, sekin o'sadigan 
daraxt ko'chatlari esa oradan 10—12 yil o'tgandan keyingina dekorativ manzara kasb etadi. 
Gullaydigan va dekorativ butalar ikkinchi yili va hatto o'tqazilgan birinchi yiliyoq ko'kalamzor 
ko'rinishini beradi. Mana shuning uchun ham birinchi yili zarang, shumtol singari tez o'sadigan 
daraxtlar va ko'chatlarni o'tqazish, keyingi yillarda esa, shar tusidagi va piramida sifat qayrag'och, 
shuningdek, sekin o'sadigan eman, kashtan singari daraxtlarning ko'chatlarini o'tqazish tavsiya 
qilinadi. 
Fevral oyida legistrum (jonli devor), buldonej, nastarin, shumtol (oq xushbo'y gulli 
daraxt), jasmin (xo'shbo'y oq gulli o'simlik) daraxtlarining qalamchalari o'tqazila boshlaydi. 
Agar bolalar bog'chalari hovlilarida tut daraxtlari bo'lsa, bu holda daraxt taglarida 
qishlagan tut zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi. Fevral oyida g'umbaklardan 
chiqqan to'q kul rangdagi ona qurtlar barglarga tirmashib chiqib, daraxt tanasidagi yoriq joylarga 
tuxum qo'yadilar. Kapalak qurti tut daraxtining po'stlog'i va barglarini yeydi. Tut daraxtlarining 
ommaviy ravishda ko'karishiga zarar yetkazuvchi hasharotlarni yo'qotish uchun har bir daraxtga 
3—4 litrdan 5%li geksaxloran sepiladi. 
Agar havo issiq kelsa, fevral oyida ham ekin ekishga kirishish mumkin. Bunda donli ekinlar va 
yer ishlari uchun juda qimmatli bo'lgan o't o'simligi — bedani ekish mumkin. Beda ko'p yillik 
dukkakli o'simlikdir. Yaxshi parvarish qilinganda uni yiliga 4—5 marta o'rib olish mumkin. U 
mollarga to'yimli ozuqa sifatida beriladi. Bundan tashqari, beda ekilgan tuproqning tuzilishi 
o'zgaradi va yerning hosildorligi ortadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling