Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/78
Sana14.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1702243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
927f9c82e70940e5394e80372c6bb417 bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi



O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM 
VAZIRLIGI 
 
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
MAKTABGACHA TA'LIM NAZARIYASI VA MЕTODIKASI 
KAFЕDRASI 
 
 
 
 
 
 
BOLALARNI TABIAT BILAN
TANISHTIRISH METODIKASI FANI
ma’ruza matni


ANNOTASIYA 
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng o'z milliy 
qadriyatlarini tiklash yo'lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobitqadamlik 
bilan ish olib bormoqda. 
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli 
katta. 
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog'cha yoshidan boshlamoq kerak. 
Shunga ko'ra bolalar bog'chalarida murg'ak qalblarga ta'lim arbiya 
berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham 
bolalarning tabiat go'zalliklarini ko'ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz bera gan 
voqeahodisalar haqida to'g'ri tushunchaga ega bo'lishi, qolaversa tabiat yaratgan 
boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo'lmog'i lozim. 
O'quv qo'llanmada Respublika Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy etilgan 
bolalar bog'chalarini tabiat bilan tanishtirish dasturi, O'zbekistonning o'ziga xos 
etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o'rin olgan hamda 
amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim tarbiya haqida nazariy g'oyalar 
berilgan. 
Qo'llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos 
psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to 
maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo'ljallangan bilim va ko'nikmalar hajmini 
o'z ichiga oladi. 
Bolajak bog'cha tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta'lim tarbiya tizimini 
tushunib olish, tabiat bilan tanishtirishning shakl, metod va uslublarini, shu bilan 
birga, bolalarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o'rganib olishdir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling