barglaf o'z namini yo'qotib boradi. Daraxtlar namligining katta miqdorda yo'qolishiga
qishki
shamollar ham sabab bo'ladi. Qishki shamollar ta'sirida o'simliklarning novdalari va hatto butun
o'simlik ham halok bo’lishi mumkin. Shuning uchun hosil olingach,
kech kuzda bogiarni
astasekin qoplatib sug'oriladi. Qishda daraxtlarning halok bo'lmasliklari va ko'proq nam
saqlashlari uchun ular atrofiga qorlarni to'dalab qo'yadilar.
Ikki yilik va ko'p yillik o't o'simliklarning yer yuzasidagi qismi qurib, ildizpoya,
piyozbosh
va tuganaklari qoladi, bular o'simlikning yangidan o'sib chiqishi uchun ozuqa
moddalar zahirasini to'playdi. Ildizlar yer tagida, qor tagida sovuqdan saqlanib turadi.
Qishda
sovuq qattiqroq boiib yer qatlami qattiq muzlasa, o'simliklarning ildizlari ham nobud bo'ladi.
Ba'zi yillarda dekabr oyida ham o'simliklar kurtak chiqaradi: bo'tako'z, margaritkalar
ochiladi.
Fevral oyida sovuq bo'lsa, o'simliklar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Bunda
agar havo iliq bo'lsa, ko'k o'tlar ko'rina boshlaydi.
Iliq
qish vaqtida, fevral oyining o'rtalarida gunafshalarning kurtagi bo'rtadi, kumushdek
teraklar kuchalalay boshlaydi, zarang daraxtining bo'rtib chiqqan
kurtaklarida nozikkina gul
barglari ko'rina boshlaydi, Maysa o'tlar chiqa boshlaydi,
gunafsha, qoqio't bodom, oq
qaldirmoqlar gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: