Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/78
Sana14.10.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1702243
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78
Bog'liq
927f9c82e70940e5394e80372c6bb417 bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi

 
2. YOZ FASLIGA TAVSIFNOMA 
Birinchi iyun kalendar hisobi bo'yicha yozning birinchi kuni hisobianadi. 22 iyun yoz 
faslida quyoshning eng uzoq nuqtadan o'tgan kuni bo'lib, bunda eng uzun kun va eng qisqa tun 
bo'ladi. 
O'zbekistonda haqiqiy yoz may oyidan boshlanadi. Yoz fasli O'zbekistonda birmuncha 
cho'ziladi. 
Bahorda boshlangan bu jarayon o'simliklardagi meva va urug'larning pishib yetilishi 
bilan tugallanadi. 
1.1.Obhavodagi o'zgarishlar. Iyun oyida obhavo yaxshi bo'ladi. Kurilik o'rtacha harorat 
+20+30 daraja atrofida bo'ladi. Ko'pincha yoz oylarida havo ochiq bo'lib turadi
1

Iyun oyida kamdankam yomg'ir yog'adi. Shunda ham oyning birinchi o'n kunligida
ko'pincha momaqaldiroq aralash yomg'ir yog'adi. Ba'zan esa hatto do'l yog'adi. 
lyul oyida harorat ko'tarilib, +30°+40° o'rtasida bo'ladi. Ahyonahyon yomg'ir yog'adi. 
Yaxshi obhavo sharoiti bo'lganini ko'rsatuvchi ko'pgina belgilar bor. Jumladan, ertalabki 
tongning zarrin nurlari quyoshning bulutlar orasidan chiqmasligi. Tuman tushadi va tezda 
tarqaladi, pashshalar barvaqt uyg'onishadi, tong endi yorishishi bilanoq asalarilar, qaldirg'ochlar 
uyalaridan uchib chiqadilar va havoda baland parvoz qiladilar, chivinlar qo'ng'izlar g'o'ng'illab 
uchib yuradilar. Quyosh bulutlar orasiga yashirinmaydi, balki, botish oldidan to'q qizil yoki oltin 
rangga kiradi, charaqlab oy chiqadi, vulduzlar moviy rangda charaqlaydilar. Ayniqsa, oyning 
ikkinchi yarmida o'rtacha harorat pasayadi va +20°+25° darajaga tushadi. Havoda bulut 
bo'lmaydi. Ba'zan avgust oxirlarida ozgina yomg'ir yog'adi. 
2.2.O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar. Bog'larda o'rik, olcha, erta pishar olma va noklar 
pishib yetiladi. 3—4 yil ilgari o'tqazilgan mevali daraxtlar: shaftoli, olcha hosil bera boshlaydi, olma 
daraxti esa 4—7 yildan keyin hosil bera boshlaydi. 
Ko'pgina mevali daraxtlar yil sayin emas, balki yil ora hosil beradi. Bu hosil berishning 
davriyligi deb ataladi. 
Iyun oyida gladiolus, ajdarog'iz, chinnigul, kartoshkagul, karma, xushbo'y tamaki, 
delfiniullar, siniya (qizil gulli dekorativ o'simlik), moychechak, floks, petuniy, tizimgul, 
semizo'tlar va boshqa bog' gullari gullay boshlaydi, chirmashuvchi gullar, chirmovuqlar to'q qizil 
rangda gullaydi. 
Iyunning uchinchi o'n kunligida g'o'za gullay boshlaydi. 
Iyul oyida, bog'larda olma, shaftoli, olcha, nok pishib yetiladi. Bolizlarda pomidor, baqlajon
bulg'or qalampiri singari sabzavotlar pishadi. 
Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ham yetiladi. Gulzorlarda qo'qongul, tizimgul, nastursiya, 
za'fargul, kartoshkagul va boshqa gullar ochiladi. 
G'o'zalar yoppasiga gullaydi va ko'sak tuga boshlaydi. Makkajo'xorilar dumbul bo'ladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling