Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
927f9c82e70940e5394e80372c6bb417 bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi
2.5.Qishloq xo'jalik ishlari. lyun oyida kunning jaziramasi va havoning quruq bo'lishi
ko'pincha bir yillik o'simliklarning gullash davrini qisqartiradi. Biroq o'z vaqtida sug'orib turilsa va oziqlantirilsa, gullash davri birmuncha uzayadi. Shuning uchun gullarni (ertalab va kechki soatlarda) har kuni sug'orib turish kerak. Iyun oyida va undan keyinroq bog'larda olma daraxtlarini zararlantiradigan qurt kapalaklar paydo bo'ladi. Olmaning ichi kapalak qurti uchun ishonchli uy, zahiradagi ozuqa manbai boiib ham hisoblanadi. Qurtlagan olma yerga to'kiladi, uning ichida qurtchalaro'rmalab chiqadi. Daraxt tanasi orqali o'rmalab chiqib, yangi pishgan olmani topib, uning po'stlog'ini kemirib, ichiga joylashadi va o'sha yerda yashay boshlaydi. Shuning uchun to'kilgan olmalarni tezda terib olish kerak, aks holda qurt yana daraxt ustiga o'rmalab chiqib yangi olmalarni zararlay boshlaydi. Iyun oyining oxiri va iyul oyining boshlarida kapalaklarning ikkinchi avlodi paydo bo'ladi, ular uzum urug'lari bilan ovqatlanadilar. Chiqqan qurt mevalarning ustida ochiq holda, mevaning bir yerini chuqurcha qilib olib yashayveradi. Keyinchalik mevaning yumshoq joyini yeb o'sha joyda yashaydi. Yosh qurtlar bir mevadan ikkinchisiga teztez o'tib turadilar va o'z uychalari atrofini yupqa iplar bilan o'raydilar. Qattiq zararlangan mevalar to'kiladi. Uzumlarning xomtok qilinishi ana shu zararkunandalarni yo'qotish imkonini beradi. Iyun oyidan oktyabr oyigacha tut qurtlarini qirib tashlashga kirishish kerak. Buning uchun tut daraxtlarining tevarakatroflarini qazib, yumshatish lozim. Iyun oyida bog'larda ertangi olma, shaftoli, olcha, gilos va o'riklarni yig'ish ishlari boshlanadi. Polizlarda ertangi pomidor, garmdori va baqlajonlarni yig'ishtirish boshlanadi. Bolalar bunday islilarda qatnashadilar. Yozda havo issiq bo'lgan taqdirda kechki payt daraxtlarga, ko'kat devorlarga suv sepiladi. Shuningdek, daraxt tanalari yonlaridan o'sib chiqqan mayda shoxshabbalar qirqib tashlanadi, ko'kat devorlar kesib, tekislanadi. Bog'lar va polizlarda hosilni yig'ibterib olish ishlari boshlanadi. Avgust oyi — sabzavot va mevalarning g'arq pishgan oyidir. Bu oyda, uzum, shaftoli, olxo'ri, olma va boshqa mevalar ko'plab pishib yetiladi. Polizlarda esa qovuntarvuzlar mo'lkoi bo'lib yetiladi, dalalarda pomidor, baqlajon va bulg'or qalampiri pishadi. Avgust oyida paxta terimi va boshqa yig'imterim ishlari boshlanadi. Dalalarda g'o'zalar, bedalar, kechki makkajo'xori va qish uchun tayyorlanadigan kartoshka hamda boshqa sabzavotlarni parvarish qilish ishlari davom etadi. Avgust oyida gulzorlarda gullarning urug'larini yig'ish ishlari boshlanadi. Bu ishda bolalar ham qatnashadilar. Yaxshi rivojlangan, sog'lom o'simliklarning urug'lari yig'ib olinadi. Urug'lik uchun hamisha dastlab ochilgan gullarning urug'lari olib qo'yiladi. Ularni kesib qo'ymaslik maqsadida ilgariroq birorta aniq lenta bilan ajratib belgilab qo'yiladi. Bunday gullarni yorliqlar bilan ham belgilab qo'yadilar. Bu yorliqlarga o'simlikning nomi, navi, rangi yozib qo'yiladi. O'simlik to'la pishib yetilgandan keyingina, uning urug'i yig'ib olinadi. Dekorativ o'simliklaming sarg'aya boshlashi yoki qo'ng'ir tusga kirishi mevasining pishganligidan dalolat beradi. Gullaming yaxshi urugiaridan bebahra bo'lmaslik uchun ularning pishib yetilishini diqqat bilan kuzatib borish kerak, chunki ular pishib yetilgach, yerga to'kilishi va shamol bilan uchib ketishi mumkin. Ayniqsa kapalakgulni, xinani, xushbo'y no'xat, kartoshkagul, gladiolus, floks singari gullarni kuzatib borish kerak. Ushbu o'simliklaming yetilgan urug'lari har tomonga sochilib ketadi. Ko'pgina gullarning umg'lari uchuvchan bo'ladi.Gullarning urug'lari quyoshli kunlarda, tonggi shudring qurigachgina yig'ishtirib olinadi. Agar yig'ilgan urugiar nam bo'lsa, ularni quritish kerak. Ko'k mevalar va urug'larni turlari va navlariga qarab dokadan tikilgan xaltachalarga solinadi. Urug'lar solingan xaltachalar ustiga urug'ning navi, yig'ib olingan yili ko'rsatilgan yorliqlar yopishtirilgan bo'ladi. Xaltachalar ichiga urug'larni zichlab joylashtirish yaramaydi, chunki havo harorati ko'tarilgan taqdirda urug'lar buzilishi va namligini yo'qotishi mumkin. Urug'lar solingan xaltachalar kanop bilan bog'lanadi va qumq, shamol yaxshi kiradigan binoga osib qo'yiladi. Avgust va sentyabr oylarida vaqtivaqti bilan o'simliklarni sug'orib turiladi. Ko'pincha bunday ishlarga katta yoshdagi bolalar ham jalb qilinadi. Qishloq xo'jalik zararkunandalariga va ko'k o'simliklaming kasalliklariga qarshi kurash ishlari olib boriladi . Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling