Болаларни табиат билан таништириш методикаси
Download 2.12 Mb.
|
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- UDK: 502 (075)-053.2
- ISBN 978–9943–10–844–8
SH.A.SODIQOVA, M.A.RASULXO‘JAEVA BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI(O‘quv qo‘llanma)1 TOSHKENT – 2013 UDK: 502 (075)-053.2KBK 74.100.5 C-73 C-73 SH.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jaeva. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi. –T.: «Fan va texno- logiya», 2013, 88 bet.ISBN 978–9943–10–844–8 Mazkur o‘quv qo‘llanmada «Bolalarni tabiat bilan tanishti- rish metodikasi» fanining maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonu- niyatlari, tamoyillari, metodlari hamda maktabgacha yoshdagi bola- larni tabiat bilan tanishtirishning ilmiy amaliy asoslari. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani bo‘lajak tarbiyachi- larni bolalarni tabiatga nisbatan mas’ullik, vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularini shakllantirish, bilim va mahoratga ega bo‘li- shini ta’minlaydi. O‘quv qo‘llanma pedagogik Oliy o‘quv yurtlarini maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari hamda maktabgacha ta’lim muassasa- lari tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan. Mas’ul muharrir: p.f.n.prof. – O.U.Hasanboeva Taqrizchilar: p.f.d. prof. – E.O.Turdiqulov; p.f.n. – M. Umarova ISBN 978–9943–10–844–82 © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013. KIRISHO‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z milliy qadriyatlarini tiklash yo‘lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormokda. Ayniqsa, tabiat bilan inson munosabatlariga oid muammolarni hal qilish- da. Dastlab bu pedagogik jarayonni oila va MTMlardan boshlamoq zarur. SHunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida ta’lim-tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldida eng muhim vazifalaridan biri ham bola- larning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz beradigan voqea-hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalash muhim pedagogik muammo hisoblanadi O‘quv qo‘llanmada Respublika Xalq ta’limi vazirligi tomo- nidan joriy etilgan bolalar bog‘chalarini tabiat bilan tanishti- rish dasturi, O‘zbekistonning o‘ziga xos etnik xususiyatlari, geog- rafik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o‘rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta’lim-tarbiya haqida nazariy g‘oyalar berilgan. Qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqi- chiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ilk yoshdagi kichik guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo‘l- jallangan bilim va ko‘nikmalar hajmini o‘z ichiga oladi. Bo‘lajak bog‘cha tarbiyachilari uchun eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan tanishtirishning shakl, metod va uslublarini shu bilan birga bolalarning faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganib oladilar. O‘quv qo‘llanma bayonida quyidagi tartibga e’tibor qaratildi: Mavzu nomi Mavzu bayoni bo‘yicha reja Tayanch iboralar Mavzuning matni Mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar Foydalanilgan adabiyotlar Mazkur qo‘llanma o‘quv adabiyotlarini yangi avlodini yara- tishga oid qo‘yilgan talablar asosida yaratildi. Download 2.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling