Болаларни табиат билан таништириш методикаси


I bob. TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI


Download 2.12 Mb.
bet2/55
Sana26.06.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1655987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
tabiat bilan tanish tirish Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo\'jayeva T.2013 lotin

I bob. TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI




Reja:
1.Tabiat haqida tushuncha.
2.Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiat bilan tanish- tirish haqidagi ta’limotlari.
3.Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining asoschi- lari.

Mavzuning maqsadi:


Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining shaklla- nishi, tabiat haqida tushuncha va tabiatni ilk yoshdan o‘rganish haqidagi qarash va ta’limotlar.

Mavzuning vazifalari:


Tabiatni o‘rganish inson kamolotining muhim omillaridan biri ekanligini anglash.
Barkamol shaxsni shakllanishida tabiatdagi hodisalarni ta’si- ri haqidagi ta’limotlar.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasini fan sifatida yaratili- shi haqidagi ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar ijodi bilan tanishtirish.
Tayanch iboralari: tabiat, jonli tabiat, uy, makon, Avesto, atrof-muhit, tabiatshunoslik, kuch, qobiliyat, tabiat bilan tarbiya uyg‘unligi.

Atamalar:


Biosfera – erda hayotni paydo bo‘lishi Ekologiya – uy, makon
Populyasiya – aholi Autekologiya – «o‘zi» Sinekologiya – birlikda


  1. Tabiat haqida tushuncha


Tabiat – bitmas-tuganmas xazinadir. O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea-hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga etishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.


Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga er, quyosh, oy, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladi- lar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma’naviy boyitishning bitmas- tuganmas manbaidir.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda eko- logik ta’lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navba- tida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
Biosfera erda hayot paydo bo‘lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida rivojlanib kelmokda. Erning tirik organizm- lar va biogen cho‘kindi tog‘ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.Vernadskiy biosfera (yunoncha – «bios» – hayot,
«sfera» – shar) deb nomlagan. Biosfera sayyoramizning «hayot qobig‘i» hisoblanib, tirik organizmlarning o‘zaro chambarchas alo- qa, munosabatlaridan iborat murakkab ekotsisternalar majmuini tashkil etadi.
V.I.Vernadskiy tushunchasiga ko‘ra hozirgi vaqtda biosfera- ning tarkibiga faqatgina erning qobig‘ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmay, balki qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan litosfera qismi ham kiradi. SHuning uchun ham biosfera neobiosfera va polebiosfera kabi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Biosfera murakkab harakatdagi tizim ekan, unda moddalar almashinuvi natijasida energiyaning qabul qilinishi, to‘planishi va o‘tkazilishi kabi jarayonlar boradi. Biosfera funksional nuqtai nazardan bir necha qatlamlardan tashkil topgan.
Biosfera er sharidagi eng yirik ekotizim bo‘lib, u quyi darajalardagi kichik tizimlarga bo‘linib ketadi. Bular quruqlik va suv havzalari, okeanlar, metosferaning yuqori qatlami, atmosferaning quyi qatlamlari, bundan tashqari quruqlikda evolyusion-tarixiy tizimlar sifatida biogeografik tabiiy mintaqalar, biomlar, landshaft zonalar, ayrim landshaftlar va hokazolarga ajraladi.
Biosferaga katta doiradagi biotik moddalarning aylanishi xarakterlidir. Biosferaning umumiy vazni 3. 1024 bo‘lganda, tirik modda 1,8-2,5 1018£ (quruq vazni)ga teng bo‘ladi.
Biosfera tushunchasi fanga 1875 yilda avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan kiritilgan. Biosfera haqidagi ta’limot esa akademik V.I.Vernadskiy tomonidan yaratilgan. Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig‘indisini V.I.Vernadskiy «tirik modda» deb atadi. «Tirik modda»ning eng muhim xususiyatlari uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi to‘liq modda bo‘lib, V.I.Vernadskiyning aytishi bo‘yicha tirik organizmlar qatnasha- digan biosferadagi moddalar yig‘indisidan hosil bo‘ladi. Biosferada «oraliq moddalar» ham mavjud bo‘lib, ular o‘lik va tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling