Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat
‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bo’yicha turli yosh guruhlarida olib boriladigan lug’at ishi
Download 92.8 Kb.
|
bolalarda lugat olib borishning usullari
3. ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bo’yicha turli yosh guruhlarida olib boriladigan lug’at ishi
Turli guruhlarda olib boriladigan lug’at ishining mazmuni ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" asosida belgilangan. Unda lug’at ishi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturi asosida tuzilgan. Bolalar tevarak-atrof. ijtimoiy hayot hodisalari bilan mehnat, o’yin, maishiy hayot jarayonida va mashg’ulotlarda tanishib boradilar. ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi“da bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish bir necha bo’limlardan iborat qilib ajratib ko’rsatilgan. Kichik guruhda tevarak-atrof va ona-Vatan; ijtimoiy hayot hodisalari, buyuk siymolar va bayramlar; kattalar mehnati; transport vositalari, buyumlar. Shuningdek, tabiat bilan tanishtirish bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash dasturining ajralmas bir bo’limi bo’lib hisoblanadi. Biz bolalarni o’simliklar, hayvonlar, qushlar, hasharotlar dunyosi bilan, tabiat burchagi bilan tanishtirish vositasida muntazam lug’at ishi vazifalarini amalga oshiramiz. O’rta guruhda esa yuqoridagi bo’limlardan tashqari, harbiy qo’shinlar bilan tanishtirish bo’limi ajratilgan. Dasturda katta guruhlar uchun ancha murakkablashtirilgan materiallar ajratilgan. Chunonchi, ular yuqorida bayon etilgan bo’limlardan tashqari quyidagi bo’lim- larni o’z ichiga qamrab oladi: an’anaviy bayramlar; mashhur sarkardalar; xalq og’zaki ijodi; transport va aloqa vositalari. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturida ajratib ko’rsatilgan bo’lim materiallarining mazmuni bolalarning yoshiga ko’ra murakkablashib borishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bolalarning bilim doiralari ularning buyumlar toLg’risidagi bosh- lang’ich tushunchalari va tasavvurlariga qarab kengayib boradi. Chunonclii, 2 — 3 yoshli bolalar kundalik tartib jarayonida turli xildagi buyumlar bilan hamda bog’chaga yaqin bo’lgan obyekt- larni ko’radilar va ularning nomlarini, ayrim sifatlarini bilib oladilar. 6 — 7 yoshli bolalar esa jamiyat hayoti, ona-Vatanimiz- dagi voqealar bilan qiziqadilar, bog’chadan tashqaridagi muhim obyektlar, buyumlar, narsa-hodisalarni kuzatadilar, natijada ularning bilim doiralari 2 — 3 yoshli bolalarning bilim doiralariga nisbatan ancha keng, aniq, mazmunli bo’ladi va buning zamirida lug’at boyligi tez rivojlanib boradi. Quyida dastur asosida turli yoshdagi bolalarni tevarak-atrof bilan, ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirishning mazmuni va guruhlar bo’yicha dastur mazmunining murakkablashib borishini misol tariqasida keltiramiz. Download 92.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling