Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat
Download 92.8 Kb.
|
bolalarda lugat olib borishning usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash bo’yicha mashg’ulot turlari
Murakkab so’zlarni hosil qilish. Bu usul maktabga tayyorlov guruhida qo’llaniladi. Bolalar bilan murakkab so’zlarni (yangi so’zni) hosil qilish ustida mashq qilinadi. Bolalarga bir, ikki so’zdan yangi so’z hosil qilish taklif etiladi. Masalan, gul — guidon; suv — suvchi; och, qizi! — och qizil; to’q, sariq — lo’q sariq; uzun, quloq — uzunquloq va boshqalar.
Ta’limiy o’yin (didaktik o’yin). Bu usuldan ko’proq mashg’ulot davomida foydalaniladi. Tarbiyachi qisqa muddat ichida ( 1 — 3 daqiqa) bolalar bilan so’z tanlash bo’yicha mashq o’tkazadi. Masalan: ‘Kim ko’proq ko’radi va aytadi?", ‘Kim dumaloq shakldagi buyumlarni ko’proq aytadi?" Bu usuldan topishmoq- larni topish, buyumlarni taqqoslashda (xotirasi bo’yicha va ко’rib turgani bo’yicha) katta guruhlarda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 4. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash bo’yicha mashg’ulot turlari Kuzatish mashg’u lot id a lug’at ishi. Ta’limning muhim uslublaridait biri bu kuzatishdir. Kuzatish o’ziga xos bir faoliyat bo’lib, u bolani borliq hayot bilan yaqindan tanishtiradi. Bola, odatda, eshitganlariga nisbatan ko’rgan va kuzatganlarini uzoq vaqt yodida saqlaydi, ulardan ta’sirlanadi, estetik zavq oladi. Turli- tuman ranglarga boy, go’zal va xushmanzara tabiat bola didi, so’z boyligi, nutqini o’stirish manbayidir. Bolani atrofdagi go’zallikni ko’ra bilishga, ranglarni idrok eta olishga, tovushlar ohangini tinglay bilishga, xushbo’y hidlarni payqay olishga o’rgatish orqali uning fikr doirasi o’stiriladi, nutqi rivojlantiriiadi. Bolada tevarak- atrofdan olgan taassurotlarini so’z bilan ifodalash xususiyatlarini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bola tevarak-atrof va ijtimoiy hayot hodisalarini, kishilar mehnatini kuzatar ekan, ularni ifoda etish uchun yangi-yangi so’z va iboralarni o’rgana boshlaydi. Eng muhimi, bola o’zi yashab turgan joydagi o’sinilik, hayvon, ijtimoiy hayot, buyumlar bilan yaqindan tanishadi. Bolalarda kuzatish faoliyatining juda yoshligidan paydo bo’lishi haqida pedagog olim D. N. Gonobolin shunday degan edi: ‘Kuzatish idrokning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan turlaridan 82 biridir. Tashqi dunyo obyektlarini idrok etishning mukammalligi faqat sezgilar (ko’rish, eshitish va boshqalarjning o’tkirligigagina emas, balki hodisalarni tahlil qila bilish, narsalarning belgilarini farq qilish, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash, bilib olish va shu kabilarga bog’liqdir’’. Bolalarni yangi obyekt bilan tanish- tirishning asosiy maqsadi shu obyektdagi yangilikni bilib olishga, uning bclgilari, xususiyatlari haqida tushunehaga ega bo’lishga hamda atrof-muhit bilan bog’liqligini aniqlashga yordam bcrish- dan iboratdir. Kuzatish jarayonida turli analizatorlar (ko’ruv, eshituv, ta’m bilish. teri) faollashadi. bolalarning ayrim sezgilari so’z bilan (achchiq, taxir, issiq, sovuq, g’adir-budur, silliq, qizil, sariq, ko’k va h. k.) ifodalanadi. Nutq o’stirish uslubiyotining asoschisi, mashhur pedagog I. Tixeyeva kuzatishning ta’lim jarayonidagi ahamiyatiga yuqori baho berib, shunday degan edi: ‘...Voqclikni kuzatish har qanday bilimga ega bo’lishning negizidir. Kuzatishdnn ko’zlana- digan muhim maqsad bolalarga tevarak-atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilishga va idrok qilinayotgan narsani so’z bilan ifodalashga yordam bcrishdir". Idrok bolaning tafakkur faoliyati bilan bog’liqdir: ya’ni obyekt haqida fikr vujudga keladi, muhim bclgilari sanab o’tiladi, obyekt boshqa obyekt bilan taqqoslanadi. Kuzatish jarayoni tarbiyachining va bolalarning nutqiy muloqotlari asosida olib boriladi, idrok qilinayotgan muhim tomonlari esa so’z bilan ifodalanadi. Bolalar bog’chasining eng muhim vazifasi: I) bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stirish; amaliy tajribalarni orttirish; nutq ko’nikmalarini hosil qilish uchun o’z his-tuy- g’ularidan foydalanishga o’rgatish. Bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyati ularni tevarak-atrofdagi olam bilan tashkiliy tarzda tanishtirish yo’li bilan o’stiriladi. Bolalarning bilim doirasini kengaytirish, nutqini o’stirish va lug’at ustida ishlashida tevarak-atrofdan foydalanishning ikki usuli mavjud: Buyumlarni o’rganiladigan material sifatida bolalarga yaqinroqdan ko’rsatish. Bularga turmushda ishlatiladigan buyumlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechak, poyabzal, o’yinchoqlar, tabiatdan gullar, novdalar, mevalar, sabzavotlar, obyektlar, uy hayvonlari va parrandalar, qushlar, baliqlar va boshqalar kiradi. Bunday kuzatish bolalar bog’chasining o’zida o’tkaziladi. Bolalarni obyektga yoki buyumga yaqinlashtirish. Bularga bog’chaning o’zida bevosita kuzatish imkoniyati bo’lmagan obyektlar yoki buyumlar (qurilishlar, do’konlar, pochta, paxta dalasi, transport vositalari va boshqalar) kiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish eng yaqin joydan, ya’ni guruh xonalari (uyqu xonasi, yuvinish xonasi va hokazolar), ulardagi buyumlar, o’yinchoqlar, tabiat burchagi, guruh maydonchasi va hokazolar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunday kuzatishlar ma’lum bir maqsadni, ya’ni o’z guruh xonasi, undagi jihozlar va buyumlar, bog’cha binosi, undagi xonalarning, guruh maydonchalarining joylashishi haqidagi, tevarakatrofdagi buyumlar, bog’chadagi xizmatchilarning mehnati haqidagi bolalarning bilimlarini aniqlash va kengaytirish, lug’atini boyitish va faollashtirishdan iboratdir. Bog’chaning o’zida, guruh xonasida tashkil etiladigan bunday kuzatish mashg’ulotlari Y. I. Tixeyevaning ta’biricha ‘mahalliy sayohat" deb yuritiladi. Bunday kuzatish, ko’zdan kechirish mashg’ulotlari bog’chaning hamma guruhlarida o’tkaziladi. Tarbiyachi kuzatish mashg’ulotini o’tkazishga tayyorlanar ekan, u tevarak-atrof bilan va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish bo’yicha bitta mashg’ulot o’tkazishga tayyorlanar ekan, u mashg’ulot uchun zarur bo’lgan ma’lumot hajmini, shuningdek, kuzatish jarayonida bolalarning bilishlari va o’zlashtirishlari lozim bo’lgan so’zlarni tanlaydi. Mashg’ulotning rejasini tuzishda kuzatish jarayonida foydalaniladigan, bolalar uchun yangi va qiyin bo’lgan so’zlarni belgilab qo’yadi. Masalan: kiehik guruhda guruh xonasi, yechinish xonasi va hokazolar bilan tanishtirilganda bolalarga dahliz, shkaf, shkaf tokchasi, o’ngda, chapda, ilmoq, oyoq kiyimi, ust kiyimi, ilinadi, yechiladi va hokazo so’zlar aytiladi, faollashtiriladi, mus- tahkamlanadi. Shuningdek, o’z guruh xonalari bog’cha binosi- ning qayerida joylashgan 1 igini bilib olishga o’rgatiladi. Shu tariqa bog’cha yer maydoni, undagi barcha binolar: oshxona, kirxona, qorovul xonasi, hamshira, mudira xonasi va musiqa xonalari, guizor, bog’ va boshqalar tanishtirilib, kuzatishlar tashkil etiladi. Kuzatish obyekti va uning tnazmuni kichik guruhdan katta guruhga o’tganda murakkablashib boradi. Bolalar bilan tashkil etiladigan bunday kuzatish mash- g’ulotlari bolalarning bilim doirasini kengaytirish va lug’atini boyitish bilan birga, ularda yuksak axloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi. Masalan, bolalarni bog’cha binolari bilan ta- nishtirayotganda, ularning c’tiborlari xonalarning tozaligiga jalb qilinib, ularda enaganing mchnatiga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi; qishki ust kiyimlar ko’zdan kcchirilayotganda ular uchun chiroyli, issiq kiyimlar tikkan ustalar va ularning meh- natini qadrlash hissi tarbiyalanadi. Shuning uchun mashg’ulot- ning dastur maqsadida lug’at ishdan tashqari kishilarning mehnatiga hurmat (kattalar mehnatini kuzatishda), tabiatga muhabbat (hayvon yoki o’simliklarni kuzatishda), buyumlarga nisbatan chtiyotkorlik (buyumlar bilan tanishtirishda) muno- sabatlari va hokazolarni tarbiyalash ko’rsatiladi. Download 92.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling