Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat


Download 92.8 Kb.
bet1/10
Sana17.06.2023
Hajmi92.8 Kb.
#1532353
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bolalarda lugat olib borishning usullari


Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
lug’at ishini olib borishning usullari

Reja:



1.. Bolalar bog’chasida lug’at ishining vazifalari va mazmuni
2. ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bo’yicha turli yosh guruhlarida olib boriladigan lug’at ishi
3. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash bo’yicha mashg’ulot turlari

Bolalar lug’atini aniqlash va mustahkamlash. Bolalar lug’atidagi so’zlarni mustahkamlashga tarbiyachi alohida e’tibor berishi zarur. Bu vazifa maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bog’cha yoshidagi bola lug’atida so’zlarning mustahkam o’rnashishi uchun uni ko’p tuarta takrorlash zarur.
Bola xotirasida qiyinlik bilan mustahkamlanadigan murakkab so’zlarga quyidagilar kiradi: 1) umumlashtiruvchi so’zlar: uy hayvonlari (ot, sigir, qo’y, echki, eshak); mebel (stui, stol, divan, xontaxta, javon); oyoq kiyimlari (tulli, botinka, shippak, kavush, kalish), idish-tovoqlar (likopcha, kosa, piyola) va hokazolar; 2) mavhum so’zlar (jimjitlik, sarg’ish, tozalik, go’zallik); 3) sifatlarni bildiruvchi so’zlar (g’adir-budur, tip- tiniq, nordon, shaharlik, temirdek) va hokazolar.
Tovush jihatdan qiyin talaffuz etiladigan so’zlar (trolleybus, motoroller, ekskavator, eskalator, tipratikan, avtobus, termometr, kotlet, kompot, televizor, plastmassa) va mustaqil o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan so’zlar bir necha marta takrorlanadi, bolalarga awal jo’r bo’lib takrorlash. so’ngra yakkama-yakka takrorlash taklif etiladi. Masalan, ‘Mana likopcha, bizda li- kopchalar juda ko’p, hozir navbatchi 5 ta likopcha olib keladi. Hozir enaga likopchaga ovqat solib beradi...11. Bola lug’atini mustahkamlashdan tashqari boshqa vazifa, ya’ni so’z ma’nosini aniqlash ham hal etilmog’i lozim. Bolaning hayotiy tajribasi yetarli bo’lmaganligi uchun ayrim so’zlarning ma’nosini tez o’zlashtira olmaydi. Bu jarayon uzoq davom etib, butun maktabgacha tarbiya yoshini o’z ichiga qamrab oladi.
Masalan, bolalar ,,sto!“ so’zidan erta foydalana boshlaydilar. Ular bu so’z jihoz, buyumning nomi ekanligini biladilar, ,,stol“,
‘ovqatlanish" ma’nosida ham ishlatilishini (Akmalning tug’ilgan kuniga borganimizda ,,stoli“ yaxshi edi, ya’ni dasturxonda barcha noz-ne’matlar bor edi, yaxshi mchmon qildi) keyinchalik bilib oladilar. ‘Bayram" so’zining ma’nosi ham muntazam chu- qurlashtirib boriladi: kichik yoshdagi bola ‘bayram" so’zini his- hayajon (emotsional), xushchaqchaqlik daqiqasi ma’nosida idrok etadi. Katta yoshdagi bola esa ‘bayram" (Mustaqillik bayrami yoki Navro’z bayrami) bu butun o’zbek xalqining milliy bayrami, uni butun
0’zbekiston xalqi shod-u xurramlik bilan nishonlashini tushunadi.
Bundan tashqari, bolalarning tafakkuri (fikr yuritishlari) o’zining aniqligi, ko’rgazmali bo’lishi bilan kattalarning tafak- kuridan farq qiladi. Ular, eng awalo, aniq so’zlarni o’zlashtiradilar. Bolalar lug’atida umumiy tushunchalarni bildiruvchi so’zlar mavjud bo’lib, ulardan xato foydalanadilar, ya’ni ushbu so’zlarning ma’nosi chegaralangan holda tushuniladi. Buning natija- sida bolalar bilan tarbiyachi o’rtasida tushunmovchiliklar vujudga keladi va bolalar tarbiyachining so’zlarini anglab yetmaydilar. Shuning uchun tarbiyachining asosiy vazifasi bolalar yoshiga mos so’zlar tanlab, ularning ma’nosini tushuntirishi, narsa- buyum va hodisalarning nomlarini to’g’ri aytishi kerak. Xulosa qilib shuni aytish joizki, tarbiyachi qaysi turdagi mashg’ulotni o’tmasin, qaysi faoliyatni tashkil etmasin, albatta yangi, bolalar tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan so’z- larni bolalar lug’atida mustahkamlashi va ularning ma’nosini alohida tushuntirishi shart.
Masalan, o’rta guruhda (dastur asosida) ‘Go’ro’g’li" dostonidan parcha o’qiyotganda (badiiy asarni o’qib berish mashg’uloti) matnda ‘baytal" so’zi uchraydi. Bu so’zni bola ilk bor eshitayotgan bo’lishi mumkin. Tarbiyachi ‘baytal" bu ona ot ekanligini bolaga tushuntirib, bolani (Go’ro’g’lini) emizib turgan ot rasmini bolalarga ko’rsatishi va ,,baytal“ so’zini ko’p marta takrorlash usulidan foydalanib, bola xotirasida mustahkamlashi kerak.
Shu tariqa doston matnidagi ‘yilqichi", ‘yilqibon", ‘suluv", ‘kuvi" kabi so’zlarning ma’nosi ham tushuntirilib, mustahkamlanadi.


  1. Download 92.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling