Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat


Bolalarning har xil faoliyat turlarida lug’at ishi


Download 92.8 Kb.
bet9/10
Sana17.06.2023
Hajmi92.8 Kb.
#1532353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bolalarda lugat olib borishning usullari

5. Bolalarning har xil faoliyat turlarida lug’at ishi Bolalarni tevarak-atrof va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish, ularning lug’atini kengaytirish ta’lim jarayonidagina amalga oshirilmay, balki bolalarning boshqa faoliyat turlarida ham amalga oshiriladi. Bolalarning lug’atini boyitish va faollashti- rislida maishiy faoliyatning (ovqatlanish, kiyinish va hokazolar) imkoniyatlari ko’p.
Masalan, bolalar sayrga chiqish oldidan kiyinish jarayonida ular bilan quyidagi mazmunda so’zlashish mumkin:
— Ahmad, qo’lingdagi nima?
— Qalpoq, — deb javob beradi bola.
— Qalpog’ingning rangi qanday?
— Qalpog’imning rangi ko’k.
— Uni senga kim olib bergan?
— Buvim.
Tarbiyachining bir bola bilan bunday tarzda so’zlashayot- ganini eshitib turgan boshqa bolalar ham o’zlarining qalpoqlarini ko’zdan kechira boshlaydilar va shunday deydilar:
— Mening qalpog’imning rangi qizil, uni buvim tikib bergan lar.
— Mening qalpog’im issiq, u mo’ynadan tikilgan va hokazo.
Tarbiyachi hamma bolalarning javoblarini umumlashtiradi: bolalarning qalpoqlari har xil — qizil, ko’k, mo’ynadan tikilgan. Tarbiyachi yana savol beradi: ‘Qalpoqlar bir xilmi? Ular nimasi bilan o’xshash? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?"
Bunday savollar buyumlarning nomini mustahkamlashga, o’xshash va farqli tomonlarini ko’ra olishga va buyumlarni so’zlar bilan ifodalashga yordam beradi. Bolalar bilan kundalik tartib jarayonida bunday muloqotda bo’lish natijasida kerakli so’zlar bolalarning xotirasida tez mustahkamlanadi, lug’at boyligiga aylanadi. Shuningdek, bolalarning lug’atini boyitishda ularning ahamiyati katta bo’ladi. Masalan, bolalar yirtilgan kitoblarni yamasli (yelimlash) jarayonida (tarbiyachining faol rahbarligida) quyidagi so’zlarni egallab oladilar: muqova, varaq, jild, o’lchash, quritish, nomi, zichlash, ustiga, o’ngcian, past clan, quyuq va hokazolar.

O’yin — lug’at ishining eng natijali vositasi


Maktabgacha tarbiya pedagogikasida ishlab chiqilgan nazariya asosida bolalar o’yiniga rahbarlik qilish bolalar xulqini tarbiyalashda muhim o’rinni egallaydi. Ana shu o’yinlarning ko’pchiligidan bolalar nutqini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin: jum- ladan, o’zaro kelishib olish; rol va majburiyatlarini taqsimlash; o’zi nimani bilsa, o’rtog’ini ham shunga o’rgatish va hokazo. Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, ularni birbirlari bilan samimiy ohangda, muloyim so’zlashishga o’rgatadi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalar lug’atini va bilimini o’yin jarayonida kengaytirish yo’llarini oldindan puxta o’ylab qo’yishi kerak: o’yinni buyumlar bilan, milliy kiyimlardagi bolalarni tasvirlovchi qo’g’irchoqlar bilan tashkil etish, o’yinga va bolalar nutqiga rahbarlik qilish (tarbiyachining bolalarga o’qib yoki hikoya qilib berishi, o’yin to’g’risida savollar va jamoa bo’lib gapirib berish va hokazo). Bolalarning rolli o’yinlariga, ular nutqiga rahbarlik qilishda qanday usullardan foydalanilsa, boshqa o’yinlarda ham shu usullardan foydalaniladi. Bolalar lug’atini boyitish, ularning ijodiy faoliyatlarida tasviriy san’at bilan tanishish tasviriy faoliyat mashg’ulotlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Masalan, tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalar ranglarning nomlarini, ularning farqlarini, materiallarning nomlarini (yelim, loy, p/astilin, bo’yoq va hokazo), tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan (bo’yash, botirish, qirc/ish, yasash, rasm so/isli), materiallarning sifatiga doir (oq rcmgli qog’oz, rangli qalamlar kabi) maxsus so’zlarni o’zlashtirib oladilar. Teleko’rsatuvlarni, kinofilmlarni tomosha qilish bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ular uchun notanish, yangi bo’lgan so’zlarning tushunarli bo’lishiga yordam beradi. Ayniqsa, dramalashgan o’yinlar, qo’g’irchoq va stol teatrlari, ertaliklarda, turli bayramlarda, bolalar konsertlarida ishtirok etishlari ularning lug’atlarini faollashtirishga yordam beradi.

Adabiyotlar:






  1. Download 92.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling