Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat


Download 92.8 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi92.8 Kb.
#1532353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bolalarda lugat olib borishning usullari

Buyumlar bilan tanishtirish


Kichik guruhda. Maishiy buyumlar (ko’zgu, taroq, sovun, tish va kiyim cho’tkalar) haqida tushuncha beriladi.
Uy-ro’zg’or buyumlari (palos, gilam, shkaf, karavot, xontaxta, stol); oshxona idishlari (kosa, tovoq, qoshiq, likopcha, lagan, choynak, piyola, chelak, patnis va boshqalar) nomlarini bilib olish, farqlashga; oyoq kiyimlar (etik, kavush, shippak), bosh kiyimlar (do’ppi, qalpoq, ro’mol, telpak) nomlarini, vazifalarini bilib olishga o’rgatiladi.
О’rta guruhda. Tevarak-atrofdagi buyumlar va ularning xilma- xil sifatlari {shakli, rangi) bilan tanishtirish. Uy-ro’zg’or buyumlarining (gilam, palos, ko’rpa, to’shak, ko’rpacha, yostiq, choyshab) shakli va rangi, vazifasiga e’tiborni jalb qilish. Narsalarning qiziqarli tomonini ko’rishga o’rgatish (deraza romi, uning oynasi, darchasi, zulfi va deraza tokchasi). Buyumlarni umumlashtirish, bir tur doirasida farqlash (choy idishlar: choynak,piyola, patnis, likopcha; oshxona buyumlari: cho’mich, kapgir, qozon, kosa, pichoq, tova, lagan, tovoq, tog’ora, jo’va). Bir turdagi buyumlarning xilma-xilligini (turli rang, bichim, o’lchovdagi har xil gazlamalardan tikilgan ko’ylaklar) bilib olish, har xil turdagi buyumlarni juftlash va guruhlash vositasida buyumlarning belgilari (vazifasi, tuzilishi va shu kabilar)ga ko’ra gurulilash ko’nikmalarini takomillashtirish.
Kiyimlar: ustki kiyimlar, bosli kiyimlar, ichki kiyimlar, poyabzal turlari, nuisiqa asboblarini (surnay, dutor, nog’ora va b.) farqiashga o’rgatish.
Katta guruhda. Buyumlarning niuhim belgilari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan bolalar bilimini boyitish. Buyumlarni shu belgilari asosida guruhlarga ajratish. Buyumlarni qanday materiallardan (matodan, qattiq, yumshoq, suyuq) ishlanganligi to’g’risida tushuncha berish va ularni bir-biridan farqlay bilishga o’rgatish. Buyumlarning vazifalari to’g’risidagi bilimlarini kengaytirish.

Ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish


Kichik guruhda. Buyuk siymolar va bayramlar haqida ma’lumot berish. Navoiy rasmi bilan tanishtirish. Tarbiyachi Navoiyning rasmda aks etgan siymosi haqida tushunarli, sodda jumlalarda, ayni paytda rnehr va iftixor bilan bolalarga tasviriy hikoya aytib berish orqali unga nisbatan muhabbat, hurmat hissini uyg’otadi.
Bolalarda Navro’z, Mehrjon(hosil bayrami), hayit va boshqa milliy bayramlarimiz haqida ilk tasawur hosil qilish. Tarbiyachi bu bayramiarda hamma chiroyli kiyimlar kiyishi, o’yin-kulgi, xursandchilik bo’lishini va shu bilan birga, eng muhinii, kichiklar kattalarni (ota-onalari, buvi-yu bobolarini) borib ko’rishlari, har xil sovg’alar olib borishlari, ularning duosini olishlari haqida tushuncha beradi.
O’rta guruhda. Bolalarga o’zbek xalqining buyuk sivmolari (Navoiy, Bobur va b.) haqida qisqacha so’zlab berish. Buyuk o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyga nisbatan hurmat va muhabbat hissini tarbiyalash. Navoiyning bolaligi va nuroniy siymosi aks etgan suratlar bilan tanishtirish. Oila a’zolari: otasi, onasi, tog’alari haqida ma’lumot berish. Alisherning bolaligi haqidagi qiziqarli voqcalardan hikoya qilish. Navoiy haqidagi afsona va rivoyatlardan o’qish va suratlarini ko’zdan kechirish.
Bolalarni o’zbek xalqining milliy bayramlari bilan tanishtirish. Navro’z — xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri ekanligi, uni kattalar ham, bolalar ham birday quvonch bilan nishonlashlari, qiziqqiziq o’yinlar, sayillar uyushtirilishi, sumalak, halim, ko’k somsa, chuchvaralar pishirilishi haqida so’zlab berish.
Hosil bayrami — Mehrjon. Bayramning nomlanishi haqida qisqacha so’zlab berish. Bu bayram har yili kuz faslida o’tkazi- lishi, unda dala mehnatkashlarining mehnat natijalari namoyish qilinishi, har xil ko’rgazmalar, meva va sabzavotlar savdosini tashkil etish, dilrabo qo’shiq-raqslar, bobodehqonning fidoyi mehnatini ulug’lovchi she’rlar barala yangrab, o’yin-kulgi, xursandchilik avjiga chiqishi, bu to’kin-sochinlik bayrami ekan- ligi haqida tasavvur hosil qilish. Bayramda qovun va uzum sayli o’tkazilishi haqida so’zlab berish.
Katta guruhda. Buyuk siymolar, allomalar hayoti va tariximiz, buyuk sharq madaniyati bilan tanishtirishni davom ettirish.
Navoiyning buyuk mutafakkir, davlat arbobi bo’lganligi haqida ma’lumot berish. Uning odob-axloqqa, tarbiyaga oid, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish.
Navoiyning dunyo xalqlari taniydigan buyuk shoir ekanligi, uning o’zbek adabiy tiliga asos solganligi haqida hikoya qilib bc- rish.
Oradan 600 yil o’tgan bo’lsa ham, uning asarlari o’z qadrini yo’qotmaganligi, shu kungacha dunyodagi ko’plab tillarga tarjima qilinganligini aytish.
Navoiyning xalqparvar inson bo’lganligi, xalq uchun kerakli inshootlar qurdirganligi, xalq ham uni juda sevib, hurmat qilganligi haqida gapirib berish.
Alisher Navoiy nomini abadiylashtirish maqsadida O’zbe- kistondagi shahar, muzey, teatr, kutubxona, istirohat bog’i va ko’chalar Navoiy nomi bilan atalishi haqida ma’lumot berish.
Buyuk insonlar: Al-Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bck, Bobur, Kamoliddin Behzod haqida ma’lumot berish.

Download 92.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling