Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat


Download 92.8 Kb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi92.8 Kb.
#1532353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bolalarda lugat olib borishning usullari

Kuzatish mashg’ulotlarining boshlanishi nuihim bosqich bo’lib, butun mashg’ulot jarayoniga ko’p tomondan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun bolalarda kuzatiladigan buyumga qiziqish uyg’otish maqsadida mashg’ulotni qiziqarli qilib tashkil ctish kerak. Buning uchun turli usullardan foydalaniladi. Mashg’ulotni muqaddima suhbatidan, ya’ni mavzu mazmuniga taalluqli bo’lgan bir qancha savollar berishdan boshlash mumkin. Masalan: katta guruhda qishki kiyimlarni ko’zdan kechirishdan avval mashg’ulotni quyidagi savollar bilan boshlash mumkin: ‘Hozir yilning qaysi fasli? Odamlar qanday kiyinishgan? Nima uchun hamma issiq kiyinib olgan?"
Mashg’ulotni mavzu mazmuniga doir topishmoq aytish bilan ham boshlash mumkin. Masalan, tarbiyachi katta guruhda idish- tovoqlarni ko’zdan kechirish mashg’ulotini shunday boshlaydi:
‘Bolalar, hozir men topishmoq aytaman. sizlar esa hozirgi mashg’ulotimizda nimalarni ko’zdan kcchirishimizni o’zingiz topasiz:
‘Qoravoy otdan tushdi, bolalari yugurishdi". ‘To’g’ri, bu qozon, idish-tovoqlar. Hozir biz qozon va idish-tovoqlarni ko’zdan kcchi ramiz".
Yoki akvariumdagi baliqni ko’zdan kechirishdan awal tarbiyachi bolalarga:
‘Tanga-tanga to’ni bor,
M ittigina ko’zi bor,
Yursa suvlar jimirlar,
Qamishlar ham qimirlar"
topishmog’ini aytadi.
Ba’zan tarbiyachi kuzatish mashg’ulotini she’r aytishdan ham boshlashi mumkin. Masalan, kichik guruhda o’yinchoqlar burchagini ko’zdan kechirish mashg’ulotini ushbu shc’rni aytishdan boshlaydi:
Quyosh bilan teng turib, Ozoda kiyintirib,
Senga taqamiz marjon.
Qo’g’irchoq, qo’g’irchoqjon. Qo’ldan qo’ymaymiz sira, Yuqtirmaymiz gard, shira. Ovunchoqsan bizlarga, Qo’g’irchoqsan bizlarga.
(Y. Sulaymon. ,,Qo’g’irchoq“ she’ri.) Ayniqsa, kichik guruhdagi mashg’ulotlarda to’g’ridan to’g’ri kuzatish mashg’ulotining mavzusiga taalluqli buyumni ko’rsatish usulidan foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga ovoz tonini biroz balandlab, sho’x ovozda, intonatsiya bilan: ‘Men sizlarga bir narsa olib keldim! Siz uni ko’rishni istaysizmi?" deb aytadi. Ushbu guruhlarda kuzatish jarayonida o’yin usullaridan keng foydalaniladi.
Ularga maydon bo’ylab yugurishga ruxsat etiladi (‘Qanday uzun yo’lak!"). Mashg’ulotning boshida tarbiyachi bolalarga ko’rsatmalar beradi (tinch quloq solib o’tiring; kiri- shingiz bilan salom bcring; shovqin qilmang va h. k.).
Mashg’ulotning boshlanish qismi (ko’rsatmalar berish, kirish suhbat va hokazolar) bolalarning yoshiga qarab har xil davom etadi: kichik guruhlarda bir daqiqa, katta guruhlarda esa besh-yetti daqiqa. Tarbiyachi buyumni, hayvonni. o’simlik va boshqalarni ko’zdan kcchirish vaqtida bolalarga kuzatilayotgan obyektni yaxshilab ko’rib, bir-birlari bilan fikrlashib olishlari uchun bir nccha daqiqa vaqt beradi. So’ngra kuzatishga ralibarlik qila bosh- laydi, ya’ni kuzatilayotgan obyekt bo’yiclia savollar bera bosh- laydi: Bu nima? Bu kim? U qanday? Nimadan yasalgan? Nima uchun kerak? Qanday? Qancha? va hokazo. Agar obyekt bolalarga ilk bor tanishtirilayotgan bo’lsa, savolga javob berishda qiynalishsa, u vaqtda kuzatish obyektining nomini, uning sifatini yoki xususiyatlarini bildiruvchi so’zni aytib berish usulidan foydalanadi. So’z bolalar idrokini o’stiradi, buyumlar va ular o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Masalan, choy idishlarini ko’zdan kcchirish vaqtida tarbiyachi shunday izoh beradi: ‘Bu quloqli piyola (chashka), uning dastasi o’ng tomonda, tagi dumaloq, bu dumaloq chiziqcha quloqli piyolani likopcha ichiga qo’yish uchun qilingan, quloqli piyolani likopchadagi dumaloq chiziqcha ichiga sekingina, taqillatmasdan qo’yish kerak’’. Kuzatish vaqtida tarbiyachi buyumning vazifasini, uni kim tavyorlaganligini, u bilan qanday munosabatda bo’lishni bolalar bilan birgalikda aniqlaydi. Agar jonli obyekt kuzatilayotgan bo’lsa, tarbiyachi bolalarga uni nima bilan ovqatlantirish. qanday parvarish qilish kerakligi hamda ularga nisbatan g’amxo’rlik qilish lozimligini tushuntiradi. Kuzatish mashg’ulotini mavzu va uning mazniuniga mos she’r aytib berish, topishmoq aytish, qiyin so’zlarni mustahkamlovchi ta’limiy (didaktik) o’yinlar o’tkazish bilan yakunlaydi.
Kuzatish natijalari doimo mustahkamlanib borishi shart. Kuzatish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlovchi mashg’ulotlar uch-to’rt kundan keyin o’tkazilishi mumkin. Masalan, katta guruhdagi mashg’ulotda bolalar meva-sabzavot- larni ko’zdan kechiradilar. Uchto’rt kundan keyin esa ‘Qayerda o’sishini ayt“ ta’limiy o’yinni o’tkaziladi. Bundan tashqari, ushbii guruhlarda suhbatlar uyushtirishda, maydonchada, gulzorda, bog’da va hokazolarda mehnatni tashkil ctishda, qush va hayvonlarni parvarish qilishda, kitob o’qib berish, diafilnilar ko’rish, illustratsiyalarni ko’rib chiqish va boshqa faoliyat turiarida mustahkamlanib boriladi.
Yuqoridagi fikrlarni amaliv fikrlar bilan tasdiqlash maqsadida tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar bilan tanishtirish bo’yiclva mashg’ulot ishlanmalaridan namunalar keltiramiz.

Download 92.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling