Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’at ustida ishlash uslubiyoti referat


Download 92.8 Kb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi92.8 Kb.
#1532353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bolalarda lugat olib borishning usullari

Bolalar lug’atini faollashtirish. Tarbiyachi bolalarning lug’atini boyitibgina qolmasdan, balki lug’atdagi so’zlardan o’rinli foydalanishga ham o’rgatib borishi, nutq orqali bayon etiladigan fikrlarini aniqroq ifoda eta olish ko’nikmasini hosil qildira olishi kerak. Bolalar lug’atini faollashtirishning mazmuni har bir guruhda ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" da bayon etilgan.

Bolalar lug’atini faollashtirish — bu bolalar tomonidan ma’nosini aniq tushungan holda foydalaniladigan so’zlar miq- dorining ortib borishidir.
Turli-tuman faoliyat turlarida (mashg’ulotda, o’yin, mehnat, maishiy faoliyat va kundalik tartib jarayonida) bolalarni o’z lug’at boyligidan foydalanishga o’rgatish ular nutqini o’stirishning zarur shartidir, chunki tilni undan foydalanish jarayonidagina egallash mumkin. Bolalarning kattalar bilan nutqiy muloqoti ular lug’atini faollashtirishda qimmatli vosita bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, topshiriqlar berish, ya’ni uslubiyot xonasiga borib, katta tarbiyachidan didaktik (ta’limiy) o’yinchoq yoki surat so’rab kelish; sayr haqida enagaga so’zlab berish; Nomi nima? Rangi qanday? Qanday materialdan qilingan? Nima uchun kerak? kabi savollar berish; bolalarga ma’lum bo’lgan so’zlarni to’g’ridan to’g’ri aytib, esiga tushirish, o’xshashlik bo’yicha (buyumlarning vazifasiga qarab ) yangi so’z yasash (qand uchun qanddon, sut uchun sut idish ); obyckt uchun xos bo’lgan sifat va fe’llarni tanlash (qanday hikoya? — kulgili, xushchaqchaq, xuddi crtakka o’xshaydi); tarbiyachi tomonidan tushirib qoldirilgan so’zlarni topib aytish va to’Idirish (uning ignalari qishda ... — kunuishdck; ayiqlar aravada sil... —silkinishadi) kabi usullardan foydalanib, bolalar lug’atini faollashtirish mumkin.

  1. Bolalar lug’atidagi mahalliy shevaga oid so’zlarni adahiy so’zlar bilan almashtirish. O’zbek tiliga Davlat tili maqotni berilishi munosabati bilan nutqimizda ishlatiladigan so’zlarga e’tibor yanada kuchaydi. Bolalar lug’atida mahalliy shevaga oid so’zlarga e’tibor bermaslik kelgusida maktabda ta’Iim olish jarayoniga, kishilar bilan muloqotda bo’lishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chu- nonchi, maktabda olib borilgan kuzatishlar natijalari shuni ko’rsatdiki, o’quvchilar nutqidagi orfografik xatolar: a) mahalliy sheva ta’sirida; b) bola qanday gapirsa, shunday yozishidan kelib chiqadigan xatolardir. Mahalliy shevaga oid so’zlarning ko’p ishlatilishi kelgusida maktabda bolalar savodxonligini oshirishga xalal beradi. Bola lug’atining shevaga oid so’zlar hisobiga boyib borishida oilada otaonalarning, atrofdagi kishilarning, bolalar bog’chasida esa tarbiyachining, bog’cha xodimlarining ta’siri katta. Chunki bolalar atrofdagilardan eshitgan har qanday so’zlarni o’zlashtirib borishadi, natijada bu so’zlar bola lug’atining mahsuliga aylanadi. Shuning uchun tarbiyachi ota-onalar bilan suhbat va maVuzalar o’tkazib, ularga iloji boricha adabiy tilda gapla- shishlarini, bolani ham sof adabiy tilda so’zlashga o’rgatishlari lozimligini uqtirishi zarur.

Avvalo, tarbiyachi-pedagogning o’zi bolalar bilan sof adabiy til qoidalariga rioya qilib so’zlashishi lozim. Buning uchun o’zbek tili lug’atini muntazam tarzda o’rganib borishi, adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda gapirishi, o’qib berishi yoki hikoya qilishi, buyumlar, jonli va jonsiz tabiat hodisalari, o’simliklar, hayvonot dunyosi, kattalar mehnati, ijtimoiy hayot hodisalari va hokazolar uchun lug’atchalar tuzishi kerak. Masalan, har bir tarbiyachi o’zining viloyatiga tegishli shevaga oid so’zlarni nazarda tutib, lug’atni quyidagicha tuzishi mumkin:

Buxuro
slicvasida

Adabiy
lalafTuzda




Buxoro
slicvasida

Adabiy
talalTuzda

julob

paypoq

kadi

qovoq

kallapo’sh

do’ppi

boyimjon

baqlajon

zocha

qo’g’irchoq

zaldori

o’rik

nuirg’

tovuq

satil

chclak

gcchi

echki

kunjak

burchak

kurracha

xo’tik

madoncha

hujra

barra

qo’y

kissa

cho’ntak

tortanak

o’rgimchak

choygardon

cho’mich

Bola lug’atidagi mahalliy shevaga oid so’zlarni adabiy so’zlar bilan almashtirish uchun turli usullardan foydalaniladi. Chunonchi: 1) mahalliy shcvaga oid so’zlarni adabiy so’z bilan almashtirish mumkin bo’lsa (kurracha — xo’tik), awal xor bo’lib takrorlatish, so’ng esa har bir boladan qayta aytishni talab etish; 2) nomi buzib aytilgan (zocha — qo’g’irchoq, barra — qo’y, murg’ — tovuq va hokazolar) narsa-buyumning rasmini yoki o’yinchoqlarni buyumlar ichidan topishni buyurish; 3) shu narsa-buyumning rasmini solib, uning nomini takror ayttirish.


Yuqorida bayon etilgan lug’at ishining hamma ish vazifalari bir vaqtning o’zida bir butun pedagogik jarayonda hal etiladi. Ayni vaqtda har bir ish vazifasi o’z xususiyatlariga, o’z usul va uslubiyotiga ega.
Bolalar bog’chasidagi o’quv jarayoni mashg’ulot hisoblanib, ushbu mashg’ulotda lug’at ishining biron-bir ish vazifasi ha! etiladi, qolgan ish vazifalari esa yo’l-yo’lakay amalga oshiriladi.

Download 92.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling