So’zni tanish so’z yoki tanish sinonim bilan alniashlirish va qarama-qarshi ma’noli so’z, tanish antonim bilan taqqoslash. Masalan, akvarium — shisha yashik, unda baliqlar yashaydi, ular bizga shisha orqali yaxshi ko’rinadi.
Yangi yoki qiyin so’zni gapda ishlatish. Masalan: tramvay so’zini o’zlashtirishda tarbiyachi shunday deydi: ‘Yo’lovchilar tramvayning orqa eshigidan chiqishadi" va hokazo.
So’zni takrorlash. Aytilgan yangi yoki qiyin so’zni bolalar xotirasida mustahkamlash uclum tarbiyachi mashg’ulot davomida bir necha marta hamma bolalar bilan jo’r bo’lib takrorlaydi. Bunday takrorlash bolalarning nutq faolligini oshiradi, xotirasini mustahkamlaydi. Biroq bunday usuldan bolalarga tovush talaf- fuzi qiyin bo’lgan so’zlarni takrorlatishda foydalanilsa yaxshi na- tija beradi (trolleybus, motoroller, termometr va boshqalar).
Tarbiyachi tomonidan takrorlash uchun namuna sifatida aytilgan so’z aniq bo’lishi va taxminan quyidagicha tushuntirish bilan boshqarilishi kerak: ‘Hozir hammamiz birgalikda bu so’zni aytishni o’rganamiz. Bu so’zni men bilan birga o’rtacha ovozda ayting". Tarbiyachi ayrim bolalar so’zni qanday talaffuz eta- yotganligini diqqat bilan tinglaydi, kerak bo’Isa, namunani takrorlashi mumkin. Namunani takrorlashda tarbiyachi bolalarga: ‘Diqqat bilan tinglang, bu so’zni yana takrorlayman", deb aytishi kerak.
Savol berish. Bu usuldan bola lug’atini faollashtirish maqsadida foydalaniladi. Doim to’g’ridan to’g’ri savollar berishdan foydalanilmasdan, balki javob qaytarishga yordam beruvchi savollar berish ham mumkin. Masalan: Koptok o’ng tomondami yoki chap tomondami?
So’zning kelib chiqishini tushuntirish. Ba’zi hollarda bolalarning so’zga bo’lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida uning kelib chiqishini (etimologiyasini) tushuntirish ham katta ahamiyatga ega. Bu usuldan ko’proq katta guruhlarda so’z ma’no- sini chuqur tushunib olish, so’zga qiziqishni tarbiyalash maqsadida foydalaniladi. Masalan: Bolalar, nima uchun yuk avtomo- bili yuk tashuvchi deyiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |