An’anaviy bayramlar. Navro’z bayrami bahor faslida o’tkaziladi. U hijriy hisob bo’yicha 21- martga to’g’ri keladi va yangi yitning boshlanishi hisoblanadi. Ilgari musulmon xalqlari Navro’z bayramini keng nishonlaganliklari, keyinchalik bu bayramni nishonlash taqiqlangani haqida qisqacha so’zlash. O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingach. bu bayram qayta tiklanganligi va endilikda Navro’z milliy bayramlarimizdan biri deb sanalishi haqida ma’luinot berish. Qadimiy milliy-mavsumiy bayram sayillari bilan bolalarni tanishtirish orqali ularda qadriyatlarimizga nis- batan muhabbatni shakllantirish. Shakl va mazmuni jihatidan xilma-xil bo’lgan sayillarni muntazam ravishda tashkil qilib turish. Masalan: katta sayil (boychechak, ona yer saxovati, gilos, olma) va qushlar hamda gullar bayrami va boshqalar. Bulardan tashqari, bolalarga milliy marosimlar: to’y, ma’rakalar va boshqalar to’g’risida tushuncha berish.
Bu usullar bolalar lug’atini boyitishga, tarbiyachi nutqidan kerakli so’zlarni ajratib olishga, shuningdek, o’z nutqlarida egallagan so’zlarini ishlata olishga yordam beradi.
Shuning uchun bir uslubiyotning o’zida bir vaqtda bir necha uslubdan foydalaniladi, ammo shulardan bittasi asosiy usul hisoblanadi. Quyida biz lug’at ishining bir necha usullarini ko’rib chiqamiz:
Yangi yoki qiyin so’zni aytib berish. Bu usul bolalar lug’atini boyitishning faol usullaridan hisoblanadi.
Belgilangan so’zni tarbiyachi shunday talaffuz etishi kcrakki, bolalar uni o’zlari bilmagan holda idrok etsinlar (aytsinlar). Tarbiyachi aytilayotgan yangi yoki qiyin so’zni nutq oqimidagi boshqa so’zlarga nisbatan sekinroq sur’atda talaffuz qiladi. Ammo so’zni bo’g’inlab aytish mutlaqo yaramaydi. So’zni bo’g’inga ajratib aytish — adabiy talaffuz mc’yorini buzadi, u og’zaki nutq uchun xarakterli emas. So’zni sekin talaffuz etish kerak, ammo orfoepik tomondan to’g’ri bo’lishi lozim.
Obyektni ko’rsatish. So’zni aytish ko’pincha obyektni ko’rsatish bilan bog’lanadi. (‘Qaranglar, javonning ichida tokchalari bor", deydi tarbiyachi, javon eshigini ochayotib va uni ko’rsatib.)
Do'stlaringiz bilan baham: |