Bolalarning arifmetik masalalarni tushunishining oʻziga xos xususiyatlari BOLALARNI BUTUN PREDMETNI TENG BO`LAKLARGA BO`LISHGA O`RGATISH
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Bolalarda butun predmet haqida tasavvurlarini shakllanirish
2.2.Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o‘rgatish
2.3. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
MUNDARIJA
Reja
I.Kirish……………………………………………………………………………3
II.Asosiy qism
2.1.Bolalarda butun predmet haqida tasavvurlarini shakllanirish………………...7
2.2.Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o‘rgatish……………...14
2.3. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari…………………………...20
III.Xulosa……………………………………………………………………..35.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………36
I.Kirish
Mavzuni dolzarbli: maktabgacha ta’lim sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan isblar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29-dekabr), “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentyabr), 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyul), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me'yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog`oz varag`ida mo`ljal olishga o`rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo`q edi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma`lum miqdordagi buyumlarni ko`rsatilgan yo`nalishda: qog`oz varag`ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o`ng qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Bundan topshiriqlar ham bo`lishi mumkin: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o`ngiga esa 1 ta ortiq doiracha qo`y; varaqning pastki va ustki qismlarnga 8 tadan uch burchak joylashtir. Topshirnqni bajarganidan keyin bola qandan shakllardan nechtasini joylashtirganinn va qaerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning qog`oz varag`idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so`zlarni to`g`ri, ma`nosi bo`yicha ishlatishga o`rgatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |